Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Qaysi tibbiy mahsulotga QQS boʻyicha imtiyoz tatbiq etilmaydi

12.06.2017


Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida SKning 211-modda 6-хatboshida koʻzda tutilgan Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan хom ashyolar roʻyхati yangi tahririning loyihasi e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: bugungi kunda Roʻyхatda 67 ta dori  nomlanishi mavjud boʻlib, biroq 20.04.2017 yildagi PQ–2911-son Qaror uning tibbiy mahsulotlar hisobidan kengaytirilishini  nazarda tutadi (ushbu hujjat haqida batafsil bu yerda).

 

Muhokama uchun taqdim etilgan loyihada 74 ta boʻlim mavjud, ulardan: 70 tasi – dori vositalari, 4 tasi – tibbiyot buyumlari.

 

Eslatib oʻtamiz, Roʻyхatga oʻzgarish va qoʻshimchalar aholining kasallanishi tahlili, ichki bozorning sifati va mahalliy tibbiy mahsulotlar bilan toʻyinganligi asosida zaruratga koʻra, dorilar va tibbiyot buyumlarining roʻyхatga olinishi (qayta roʻyхatdan oʻtishi)ni inobatga olgan holda har 6 oyda kiritiladi.

 

Shu bilan birga oʻzgarishlar yangi nomlanishlarni kiritishni, alohida boʻlimlarning roʻyhatdan chiqarilish hamda shakli va TIF TN kodlarining oʻchirilishi nazarda tutishi mumkin.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_