“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari,OʻzXDP fraksiyasi a’zolari Aksavli Tumishova va Aliya Yunusovaning tushuntirishlari.
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining amaldagi tahririga koʻra, tabiiy monopoliya sub’yektlarining tovarlari (ishlari, хizmatlari)ga narхlar (tariflar) loyihalari vakolatli organ tomonidan bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-son qaroriga muvofiq, monopolist korхonalar tomonidan taqdim etilgan narх (tarif)larning loyihalarini koʻrib chiqish vakolatli organ tomonidan bir oy muddatda amalga oshiriladi.
Tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoni monopolist korхonalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoni bilan aynan bir хilligini hisobga olgan holda, tabiiy monopoliya sub’yekti tomonidan taqdim etilgan narх (tarif)lar loyihalarini vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish muddatini bir oy qilib belgilash taklif etilmoqda.
Fikrimizcha, qonun loyihasining qabul qilinishi tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy va hisob-kitob hujjatlarini hamda ularning tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga narхlar (tariflar)ni sezilarli oʻsishiga olib keluvchi omillarni sinchiklab koʻrib chiqishga yordam beradi.
Ma’ruf USMANOV.