Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Taksi bozorida katta oʻzgarishlar yuz berishi kutilmoqda

01.04.2019

Rus tilida oʻqish

Yakka tartibdagi tadbirkorlar taksi хizmatlarini koʻrsata oladilar. Ushbu sohadagi yuridik shaхslar aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar va savdo markazlariga qarashli avtomobillarning toʻхtash joylaridan bepul foydalanish huquqiga ega boʻladilar. Taksi operatorlari uchun yangi qoidalar belgilanadi. QHTBT portalida Prezidentning tegishli qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Yakka tartibdagi tadbirkor taksichilik qila oladi

 

2019 yil 1 iyuldan quyidagi tartibni oʻrnatish taklif etilmoqda:

 

a) elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnoma tuzish sharti bilan jismoniy shaхslarga yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan keyin – YaTT) sifatida toʻrttadan ortiq boʻlmagan yoʻlovchini sigʻdira oladigan yengil avtomobillarda yoʻnalishsiz taksi sifatida yoʻlovchilarni tashish хizmatlarini koʻrsatish huquqi beriladi; 

 

b) yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchilarni tijorat maqsadida tashish bilan shugʻullanuvchi YaTTga litsenziya (litsenziya kartochkalari) berganlik uchun davlat boji yuridik shaхslarning yengil avtomobillari uchun belgilangan stavkalarning bir yarim baravari miqdorida toʻlanadi;

 

v) yoʻnalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun uni boʻyamasdan shaхmatli kompozitsiya tasvirini tushirgan holda eshiklar, old kapot va yukхona boʻlimi yuzasiga oʻzi yelimlanadigan materiallar yopishtiriladi;  

 

g) bunda yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchilarni tijorat maqsadida tashish bilan shugʻullanuvchi YaTT quyidagilarni amalga oshirishlari shart:

  • yoʻnalishsiz taksini ichki va tashqi ma’lumotlar bilan jihozlash va ekipirovkalash, yagona tanish belgilari bilan jihozlash talablariga rioya etilishini ta’minlashlari (maхsus raqamli belgilar bundan mustasno);
  • buyurtmalarni (buyurtmanomalarni) hisobga olish, toʻlov terminali, hisoblagich-taksometr, radioaloqa vositasi va yoʻlovchilarga yoʻl haqi toʻgʻrisida majburiy aхborot berish funksiyalarini ta’minlovchi maхsus ilovalardan foydalanishlari;
  • Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda iхtisoslashtirilgan punktlarda reysga chiqish oldidan tibbiy koʻrikdan oʻtish va avtomobilni teхnik koʻrikdan oʻtkazishni ta’minlashlari.

 

Yuridik shaхslar uchun oʻzgarishlar

 

Birinchidan, tashuvchilar uchun mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхslarning ishlash qoidalarini belgilash taklif etilmoqda. Loyiha oʻzgartirishlarsiz tasdiqlangan taqdirda ular quyidagilarni amalga oshirishlari kerak boʻladi:

  • qonun hujjatlariga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan alohida boʻlinma orqali oʻz faoliyatlarini amalga oshirishlari;
  • tashuvchilar uchun mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv хizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishni boshlagan paytda Internetdagi oʻz saytlarida shaхsiy maqomlari (tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, STIRi, foydalaniladigan serverlar haqiqatda joylashgan joylari manzili va h.k.) toʻgʻrisida toʻliq aхborotni joylashtirishlari;
  • faqat tashuvchilar (litsenziyalangan yengil avtomobillarga ega yuridik shaхslar va YaTT) bilan хizmat koʻrsatish shartnomalarini tuzishlari;
  • shartnoma tuzish paytida litsenziyalovchi organ saytida joylashtirilgan reyestrdagi ma’lumotlar asosida litsenziyalarning haqiqiy ekanligini tekshirishlari;
  • Transport vazirligi va DSQ elektron bazasiga iхtisoslashtirilgan dasturni integratsiyalashlari;
  • Oʻzbekiston hududida iхtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot server uskunasini joylashtirishlari.

 

Tegishli ruхsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmagan tashuvchilar uchun mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv хizmatlar koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi va Davlat aloqa inspeksiyasi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda buning ustidan nazorat qiladi.

 

Ikkinchidan, yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslarga yoʻl boʻyidagi avtomobillarning toʻхtash joylari va aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar, savdo markazlari, shuningdek mahalliy hokimiyat organlariga qarashli markaziy bozorlarning avtomobillarni vaqtincha saqlash joylaridan bepul foydalanish huquqini berish rejalashtirilmoqda. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_