Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari yoʻlovchi transportini litsenziyalashni toʻхtatadi

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari yoʻlovchi transportini litsenziyalashni toʻхtatadi

20.06.2017


QHTBT portalida Prezidentning “Avtomobil transporti sohasida davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish  tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish  tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari joylashtirildi.

 

Hujjatlarda qayd qilinishicha, hajmli qonun hujjatlari bazasi mavjudligiga qaramay, transport bozorining rivojlanishiga bir-birini takrorlovchi tartibotlar, avtomobil transporti sohasidagi tadbirkorlar uchun cheklovlar va toʻsqinliklar toʻgʻanoq boʻlmoqda.

 

Bunday muammolarni bartaraf etish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari yoʻlovchi transport harakatini litsenziyalash departamentlarini tugatish boʻyicha komissiyalar tuziladi. Departamentlar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga birlashtiriladi.

 

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 2 oy muddatda bepul asosda departamentlar tomonidan berilgan amaldagi litsenziyalar va litsenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtiradi.  Qayta rasmiylashtirishga qadar tashuvchilar oʻz faoliyatlarini eski litsenziyalar asisida amalga oshiradilar.

 

Departamentlarni tugatish boʻyicha komissiya 15 nafar kishidan iborat boʻlib, unga I.Mahkamov Vazirlar Mahkamasining  Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari departamenti mudiri boshchilik qiladi.

Mazkur Qarorlarning qabul qilinishi munosabati bilan:

 

1. Prezidentning “Toshshahartransхizmat” uyushmasi hamda toshkent shahar hokimligi yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va  muvofiqlashtirish  departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” qaroriga;

 

2. Prezidentning “Toshkent shahri va toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga oid qoʻshimcha

chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Mohina Mirzayeva