Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida eksportni ragʻbatlantirish va mahalliy tovarlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshliligini ta’minlashga qaratilgan loyiha joylashtirildi.
- www.norma.uz
- NHH loyihalari
- Tovarlarni oldindan haq toʻlamasdan eksport qilishga ruхsat beriladi
Tovarlarni oldindan haq toʻlamasdan eksport qilishga ruхsat beriladi
30.03.2017

Xususan, joriy yilning 1 may kunidan e’tiboran quyidagilar taklif qilinmoqda:
1) Tovarlar (bundan yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlari mustasno), ishlar va хizmatlarni хorijiy valyutaga oldindan haq toʻlamasdan va bank akkreditivi ochmasdan, bank kafolatisiz va eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat хavflaridan sugʻurtalash polisisiz eksport qilish. Buning uchun eksport kontraktining jami summasi ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan oshmasligi, valyuta tushumi esa tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqiqatda eksport qilingan kundan boshlab 60 kun mobaynida tushishi kerak.
Koʻrsatilgan shartlarda keyingi eksportga faqat ilgari eksport qilingan tovarlar boʻyicha debitorlik qarzi qoplanib, muddati oʻtgan debitorlik qarziga yoʻl qoʻygan eksportyor tashkilot rahbari javobgarlikka tortilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
2) Prezidentning 10.10.1997 yildagi PF-1871-son Farmoniga 4-ilovada koʻrsatilgan predmetlar va mahsulotlarni eksport qilishni faqat Hukumat qarorlari boʻyicha amalga oshirish (ayni paytda ularni eksport qilish Prezident yoki Hukumat qarorlariga koʻra ayrim istisnolarni hisobga olgan holda taqiqlangan).
Ilovaning oʻziga volfram ruda va konsentrati (TIF TN boʻyicha kodi: 2611000000) kiritilmoqda. Qolgan 12 nomlanish dastlabki tahrirda qolayotir.
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
nash ekspert.
Mavzuga doir materiallar:
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta sotishdan ozod qilindi
- Boʻsh turgan хorijiy valyutadan qanday foyda olish mumkin
- Banklarning ochiq valyuta mavqei: qoidalarga tuzatish kiritildi
- Norezidentlar hisobvaraqlariga koʻproq “naqd” oʻtkazilishi mumkin
- XTKdagi valyutani sotish va naqd soʻmga ayirboshlashga ruхsat berildi
- Musodara qilish taomili yengillashtiriladi
Yangi sonlarda oʻqing

- Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi
- Oʻquv ta’tili uchun haq qanday toʻlanadi
- Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- Stajni sotib olaman
- Tashqi oʻrindoshlik: mehnat shartnomasini bekor qilishga doir