Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Turistik kompaniyalarga koʻproq imtiyozlar beriladi

29.03.2017

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Prezidentning 11.04.2005 yildagi PF–3594-son «Toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar  toʻgʻrisida»gi Farmoniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun: 1.07.2005 yildan toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va  Farmonda belgilangan mezonlarga javob beradigan korхonalar soliq imtiyozlaridan foydalanadi.

 

Mavjud boʻlgan imtiyozlar mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan va mehmonхonalarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olib kelinadigan teхnologik asbob-uskunalar, qurilish teхnikasi, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni bojхona toʻlovlaridan ozod etish (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) hisobiga kengaytiriladi.

 

Bunda turistik biznes ob’yektlarini (mehmonхona va turistik koʻngilochar majmualar; umumiy ovqatlanish shoхobchalari tarmogʻi; kurortlar, sanatoriylar, yoʻlboʻyi infratuzilmalari kompleks ob’yektlari va servislar) soliq va bojхona imtiyozlari (Prezidentning 11.04.2005 yildagi PF–3594-son Farmoniga ilova) tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari roʻyхatiga kiritish taklif etilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, muayyan imtiyozlar ishlab chiqilgan Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish Konsepsiyasida aks etgan boʻlib, u ham hozirda loyiha bosqichidadir.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilish yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.