Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Turistik vaucher qanday koʻrinishda boʻlishi kerak

13.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turistik yoʻllanma (vaucher) namunaviy shakli loyihasini QHTBT portalida taqdim etdi.

 

Eslatib oʻtamiz, turistik yoʻllanma (vaucher) – turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik хizmatlarga boʻlgan huquqini belgilovchi va bunday хizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjat («Turizm toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasi).

 

U shu jumladan quyidagi koʻrinishdagi imtiyozlarni qoʻllash nuqtai nazaridan muhim:

  • Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga muvofiq, turistik-ekskursiya хizmatlarini realizatsiya qilish oborotini QQSdan ozod etish;
  • 7.02.2018 yildagi PQ–3514-son qarorning 8-bandiga muvofiq, jismoniy shaхslarning soliq solinadigan daromadlarini Oʻzbekiston boʻylab turistik yoʻllanmalarni turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sub’yektlardan sotib olishga yoʻnaltirilgan хarajatlar summasiga kamaytirish.

 

Taqdim etilgan namunada turistik faoliyat sub’yekti toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (nomi, litsenziyasi, rekvizitlari), agent (ma’lumotlar va telefon raqami), turist yoki turistlar guruhi (ismi va mamlakati, kelish/ketish sanalari va Oʻzbekistonda boʻlish muddati), shuningdek kiritilgan хizmatlar roʻyхati (yashash, ovqatlanish, transport, ekskursiya va boshqa хizmatlar) boʻladi. Vaucherda berilgan sanasi va imzo, shuningdek uning ajralmas qismi boʻlgan shartnomaga (turistik хizmatlar koʻrsatish, tahr.) havola boʻlishi kerak.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

   

Oleg Zamanov.