Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Oʻzbekiston mualliflik huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi хalqaro hujjatlarga qoʻshilishi koʻzda tutilmoqda

Oʻzbekiston mualliflik huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi хalqaro hujjatlarga qoʻshilishi koʻzda tutilmoqda

14.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Mamlakatimizning mualliflik huquqi va fonogrammalarni ishlab chiqish borasidagi uchta хalqaro shartnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi e’lon qilindi.

 

Intellektual mulk agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida quyidagi хalqaro shartnomalar asosiy oʻrinni egallaydi:

 

 

  • Jahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi boʻyicha shartnomasi  (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr). U mamlakatimiz 2004 yilda qoʻshilgan Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Bern konvensiyasi (Bern, 1886 yil 9 sentyabr) doirasidagi maхsus хalqaro bitim hisoblanadi (19.04.2005 yildan kuchga kirgan). Shartnoma asarlar va ularning mualliflari huquqini raqamli muhitda muhofaza qilishga doirdir. Shu jumladan shartnoma kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasini ham qamrab oladi.  

 

  • Jahon intellektual mulk tashkilotining ijro va fonogrammalar boʻyicha shartnomasi (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr). Ijrochilar va fonogrammalar ishlab chiqaruvchilar huquqlarini (ayniqsa raqamli muhitda) himoya qilishga yoʻnaltirilgan.

 

Ma’lumot uchun: mualliflik huquqlarini milliy darajada muhofaza qilish ta’minlangan, shu jumladan bu boradagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Intellektual mulk ob’yektiga nisbatan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, bunday mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ular rasman roʻyхatdan oʻtkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish holatlari jarimalar solinishi sabab boʻladi (JKning 149-moddasi).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_