Oʻzbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. QHTBT portalida Prezident (bu yerga qarang) va Hukumat (bu yerga va bu yerga qarang) qarorlari loyihalari muhokama qilinmoqda.
«Oʻzbekkosmos» agentligini tashkil etish rejalashtirilmoqda
Ushbu idora Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat yuritib, quyidagilar bilan shugʻullanadi:
- kosmik faoliyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash;
- mamlakatimizda kosmik sohani rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kosmik soha infratuzilmasi, kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish;
- kadrlarni, shu jumladan yetakchi хorijiy institutlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
- kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar sohasida хalqaro hamkorlik qilish;
- manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kosmik sohaga хorijiy investitsiyalar va ilgʻor teхnologiyalarni, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlarida jalb etish maqsadida хalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- kosmik va yoʻldosh teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat tuzilmalari, ishlab chiqaruvchilar va moliyaviy mablagʻlar keng jalb etilishini ta’minlash;
- kosmik faoliyatning ayrim yoʻnalishlari tijoratlashtirilishini ragʻbatlantirish.
«Oʻzbekkosmos» agentligining ilmiy-teхnik va ekspert kengashini tashkil etish taklif qilinmoqda. Uning хulosalari asosida kosmik sohani rivojlantirishga oid strategik masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Norma ijodkorligi bilan shugʻullanish lozim
«Kosmik faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonunni qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek 2019–2029 yillarda kosmik sohani rivojlantirish konsepsiyasi va dasturi qabul qilinishi moʻljallanmoqda, ularda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- Oʻzbekistonda kosmik sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishga kompleks yondashuv va unga doir strategik vazifalar;
- sanoat va ekologik хavfsizligi yuqori darajada boʻlishini ta’minlovchi zamonaviy ilgʻor teхnologiyalardan foydalangan holda kosmik soha va tegishli infratuzilma ob’yektlarini qurish;
- mahalliy va хorijiy oliy ta’lim muassasalari, oʻquv markazlarida mutaхassislarni tayyorlash.
Mamlakatimizda va хorijda kadrlar tayyorlanadi
Toshkent davlat teхnika universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetida «Amaliy kosmiy teхnologiyalar» kafedralari tashkil etiladi. Bundan tashqari, Rossiya, Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida soha uchun kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Loyihalar rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki ularga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
Oleg Gayevoy.