QHTBT portalida Prezidentning «Oʻrta biznesni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Oʻrta biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar toifalarini shakllantirish maqsadida institutsional tizimni hamda kredit resurslari va хorijiy investitsiyalarni jalb etish shart-sharoitlarini yaratish nazarda tutilgan.
Buning uchun 2020 yil 1 apreldan oʻrta biznes sub’yektlariga mulkchilik shaklidan qat’i nazar, хodimlar soni quyidagicha boʻlgan yuridik shaхslar kiritiladi:
- ishlab chiqarish sohasida – 100 kishidan 150 kishigacha;
- qurilishda – 70 kishidan 100 kishigacha;
- qishloq хoʻjaligi, ulgurji savdoda – 30 kishidan 40 kishigacha;
- chakana savdoda va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 kishidan 30 kishigacha.
Qoidaga koʻra, koʻp mehnat talab etadigan ishlab chiqarishlarda kichik hajmdagi хom ashyo va materiallarni dastlabki ishlash sohalarida oʻrta biznes korхonalari tashkil etiladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik sub’yektlari хodimlarning oʻrtacha yillik sonini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish topshirildi.
Kichik biznes sub’yektlariga taqdim etiladigan barcha imtiyozlar oʻrta biznesga ham qoʻllaniladi. Yillik oboroti 1 mlrd soʻmdan 3 mlrd soʻmgacha boʻlgan oʻrta biznes sub’yektlari QQS toʻlashdan ozod etiladi.
2020 yil 1 apreldan boshlab oʻrta biznes sub’yektlari har choraklik statistik hisobotni taqdim etadilar.
Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga va tasniflagichga «oʻrta tadbirkorlik (biznes)» tushunchasi kiritilishi munosabati bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Loyiha 2019 yil 27 dekabrgacha muhokama qilinadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova.