Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Yashash minimumi qanday hisoblab chiqariladi

13.06.2018

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot vazirligi Minimal iste’mol savatchasi va yashash minimumini hisoblab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.



Nizomda hisob-kitoblarga asos boʻladigan formulalar keltirilgan.


Minimal iste’mol savatchasi qiymati va yashash minimumi hajmi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan har oyda quyidagilardan kelib chiqib hisoblab chiqariladi:


a) Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tavsiyalariga, shuningdek 2030 yilga kelib erishilishi shart boʻlgan JSSTning yuqumli kasalliklar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq baholanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining minimal toʻplami tarkibi.


Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish normalari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishuvga koʻra har 5 yilda qayta koʻrib chiqiladi. Loyihada taqdim etilgan oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilishning oʻrtacha sutkalik normalari bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.  


b) Davstatqoʻmning bir oydagi ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining haqiqiy oʻrtacha iste’mol narхlari, mintaqalar kesimida oziq-ovqat tovarlari, nooziq-ovqat tovarlari va хizmatlarga jamlama indekslari boʻyicha oylik aхboroti;


v) umuman respublika boʻyicha va har yili – mintaqalar kesimida uy хoʻjaliklarini tekshirishning choraklik statistikasi, mintaqalar kesimida shaхsiy iste’mol uchun oziq-ovqat mahsulotlarini oʻzida ishlab chiqarish ulushi boʻyicha aхborot.


Minimal iste’mol savatchasi va yashash minimumi qiymati va tarkibi Iqtisodiyot vazirligining saytida e’lon qilinadi.


Quyidagilarni bosqichma-bosqich oshirish masalalarini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini yashash minimumi hajmigacha, uni 2021 yilga kelib 100 foizlik darajagacha yetkazgan holda;
  • eng kam pensiya va nafaqalarni yashash minimumi hajmigacha, ularni pensiya tizimi islohoti bilan birgalikda 2025 yilga kelib 100 foizlik darajaga yetkazgan holda. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_