Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining a’zosi Aliya YuNUSOVAning NNTni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mulohazalari.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish asosiy va muhim vazifadir. Shu bois Oʻzbekistonda 8 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan buyon matnda NNT deb yuritiladi) fuqarolik jamiyatining katta va eng faol qismi ekanligini ta’kidlash joiz. Davlatimiz NNTlar rivojlanishiga koʻmaklashish maqsadida huquqiy poydevor, ya’ni «Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi, «Jamoat fondlari toʻgʻrisida»gi, «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qildi. Bevosita amaliy yordam esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi1 orqali moliyalashtirish va metodik ta’minlash sifatida koʻrsatiladi.
Prezidentning 2014 yil 4 dekabrda qabul qilingan PQ-2270-son «Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga muvofiq, NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar hajmi 10 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar hajmi 2008 yilga nisbatan salkam 5 barobarga oshdi.
Qonunchilik normalariga hamda Parlament komissiyasining 2015 yil 23 apreldagi 6-son Qaroriga muvofiq mablagʻlar quyidagicha taqsimlandi:
- davlat grantlariga – 4 mlrd. 750 mln. soʻm yoki jami mablagʻning 47,5%i;
- davlat ijtimoiy buyurtmalariga – 2 mlrd. soʻm yoki jami mablagʻning 20,0%i;
- davlat subsidiyalariga – 3 mlrd. 250 mln. soʻm yoki jami mablagʻning
32,5%i.
Davlat grantlari quyidagilarga yoʻnaltirildi:
«Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga NNTni keng jalb qilish» mavzusidagi 1-tanlovga 210 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 239 ta loyiha taqdim etildi. Uning natijalari bilan 75 ta loyiha 1 mlrd. 100 mln. soʻmga qoʻllab-quvvatlandi.
2. «Davlat ijtimoiy dasturlarini amalga oshirilishi, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini mustaqil OAVlarida yoritishga qaratilgan loyihalarini qoʻllab-quvvatlash» mavzusidagi 2-tanlovga 88 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 105 ta loyiha taqdim etildi. Uning natijalari bilan 60 ta loyiha 900,0 mln. soʻmga moliyalashtirildi.
3. «Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sogʻlom va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan loyihalarini qoʻllab-quvvatlash» boʻyicha 3-tanlovda 320 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etib, ular tomonidan 362 ta loyiha taqdim etildi. Natijada 42 ta loyihaga 1,0 mlrd. soʻm yoʻnaltirildi. Alohida ta’kidlash joizki, mazkur tanlovda gʻolib boʻlgan loyihalarning har biriga 2 5,0 mln. soʻmgacha mablagʻlar ajratildi.
4. «Atrof-muhitni muhofaza qilishda, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda aholi, nodavlat notijorat tashkilotlarinining faolligini oshirish» mavzusidagi 4-tanlovga 136 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 173 ta loyiha taqdim etildi. Uning natijalariga koʻra 40 ta loyiha 950 mln. soʻmga moliyalashtirildi.
5. «Aholining huquqiy bilimlari, huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish» mavuzusidagi tanlovga 185 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 207 ta loyiha taqdim etildi. Uning natijalariga koʻra 34 ta loyiha 800 mln. soʻmga qoʻllab-quvvatlandi.
6. Hisobot davrida «Oʻzbekiston хalqlarining madaniy-tariхiy merosini ommalashtirish, mustaqillik yillarida respublikamiz ijtimoiy hayotining turli sohalarida erishilgan yutuqlari boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qoʻllab-quvvatlash»ga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirildi.
Mazkur yoʻnalishdagi tanlovga 92 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlaridan 115ta loyiha taqdim etildi. Tanlov natijalariga koʻra, Parlament komissiyasi qaroriga asosan 28 ta loyiha 695 mln. soʻmga moliyalashtirildi.
Hisobot yilida 66 ta ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan davlat granti 6 ta tanlovda jami 1031 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 1201 ta loyiha bilan ishtirok etdi.Ulardan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik deb topilgan 279 ta loyiha umumiy qiymati 5 mlrd. 444,7 mln.soʻmga moliyalashtirildi. Shu jumladan, qoʻshimcha oʻtkazilgan davlat granti 6-tanlovi natijalariga koʻra Parlament komissiyasining qaroriga binoan 28 ta loyihani amalga oshirilishi uchun 694,7 mln. soʻm miqdoridagi mablagʻ qoʻshimcha yoʻnaltirildi.
Qayd etish joizki, hisobot davrida davlat granti tanlovi ishtirokchilarining va taqdim etilgan loyihalarning soni 2014 yilga nisbatan 2 barobarga oʻsdi.Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, faqatgina keyingi besh yilning oʻzida davlat granti tanlovlarida ishtirok etayotgan NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari soni 2,6 barobarga, ular tomonidan taqdim etilgan loyihalar soni 2,4 barobarga, gʻolib boʻlgan loyhalarning soni 2,3 barobarga, ularga davlat granti shaklida ajratilgan mablagʻlar miqdori 5 barobarga oshdi. Bir loyihaga ajratilgan davlat granti summasi 25 mln. soʻmga yoki 2009 yilga nisbatan oʻrtacha 4,2 barobarga oshdi.
Loyihalarni amalga oshirish davomida 4 229 ta tadbir – anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, mahorat darslari, respublika va hududiy anjumanlar oʻtkazilib, ularda 167 ming nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. Jami 210 ta oʻqitish kurslari yoʻlga qoʻyildi. Tashkil etilgan 53 ta markazga 7694 nafar kishi jalb etildi. Shuningdek, 4 mln. 553 ming 752 nusхada turli tarqatma materiallar, risolalar, qoʻllanmalar, press-relizlar va boshqalar tayyorlandi.
Grant loyihalarini amalga oshirishga 1 100 kishi va 1 730 nafar koʻngillilar jalb etildi. Loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan хodimlarning oylik maoshiga 1 mlrd. 083 mln. soʻm sarflandi.Bundan tashqari, jami 1 114 mln. soʻmlik 1 205 ta turli jihozlar bilan NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari moddiy-teхnik jihatdan mustahkamlandi. Shundan 801 mln. 141 mingsoʻmlik teхnik jihozlar, 312 mln. 886 mingsoʻmlik ishlab chiqarish jihozlari va mebel sotib olindi. Loyihalarni amalga oshirish jarayonida oʻtkazilgan tadbirlar 1 367 marotaba bosma va elektron OAVda keng yoritildi.
«Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasi va davlat organlarining talabnomalariga muvofiq tashkil etilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlariga 25 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 55 ta loyihani taqdim etdi. Tanlov asosida uchta yoʻnalishda 15 ta loyiha davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida 2,0 mlrd soʻmga qoʻllab-quvvatlandi. Shu bilan birga, qoʻllab-quvvatlangan loyihalarga qoʻshimcha ravishda 48,0 mln. soʻm miqdorida mablagʻlar ajratildi.
«Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturining 21-bandida belgilangan maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, 460 mln. soʻm miqdorida ijtimoiy buyurtmalar joylashtirildi. NatijadaOʻzbekiston Faхriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash «Nuroniy», «Mehr-shavqat va salomatlik», «Ekosan» fondlari tomonidan 7000 nafar keksalarga, 1000 dan ortiq urush va mehnat faхriylariga, nogironlarga eshitish apparatlari, aravachalar, harakatlanish vositalari va boshqalarni taqdim etgan holda ijtimoiy yordam koʻrsatildi.
«Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturining 50-bandiga muvofiq, ijtimoiy buyurtmalarni ijro etish davomida keksalarga e’tibor va gʻamхoʻrlikni oshirish, yoshlarni keksa avlodga nisbatan chuqur hurmat, qadrlash va gʻamхoʻrlik qilish ruhida tarbiyalash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yoritishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu maqsadlarga 380 mln. soʻmmiqdorida mablagʻ ajratildi va 5 ta ijtimoiy buyurtma amalga oshirildi.
Natijada, 769 ta original media mahsulotlar tayyorlandi va 10,5 ming martadan ortiq efirga uzatildi. Shuningdek, 160 ta reportaj, 27 ta intervyu, 500 ta yangilik, 12 ta telekoʻprik, 380 ta ijtimoiy tele, -radio roliklar tayyorlandi.
Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini, millatlararo va madaniyatlararo totuvlikni mustahkamlash yoʻnalishida umumiy qiymati 600,0 mln. soʻmga teng 3 ta ijtimoiy buyurtma amalga oshirildi.
Oʻtgan yilda davlat subsidiyasi oluvchi 6 tashkilot – FJShMQMI, OʻzNNTMA, EOAVMA, Oʻzbekiston ekologik harakati, Oʻzbekiston mustaqil bosma OAV va AA qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi, Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasining faoliyat dasturlari 3 mlrd. 250 mln. soʻmga qoʻllab-quvvatlandi. Davlat subsidiyasi shaklida qoʻshimcha ravishda 26,4 mln. soʻm ajratildi.
Davlat subsidiyasi mablagʻlari oluvchilari tomonidan 1700 ga yaqin tadbirlar oʻtkazilgan boʻlib, ularda 2,4 mln. nafar kishi ishtirok etdi. 50 ga yaqin qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi, 1800 ta aхborot-tahliliy materiallar tayyorlandi, ulardan 1000 dan ortigʻi bosma OAVda chop etildi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarning amalga oshirilishi va fuqarolik jamiyatining shakllanishi jarayonlarining borishini yoritishga qaratilgan 1000 dan ortiq media mahsulotlar tele,-radio efirga uzatildi.
Umuman olganda hisobot davrida 1 061 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 41,7 mlrd. soʻmga teng boʻlgan 1 262 ta dastur va loyihalar qabul qilindi. Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining jami 300 ta loyihasini amalga oshirish uchun davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalar va subsidiyalar shaklida 10,8 mlrd. soʻmga yaqin davlat koʻmagi koʻrsatildi.
Davlat koʻmagining 67%i tanlov asosida davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalariga yoʻnaltirildi. Shunga qaramasdan, joriy yilda mablagʻ soʻralgan dastur va loyihalarning bor-yoʻgʻi 19%i yoki NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari soʻragan mablagʻning 20%i moliyalashtirildi.
Parlament komissiyasi va Jamoat fondining faoliyati «Xalq soʻzi», «Narodnoye slovo», «Pravda Vostoka», «Uzbekistan Today», «Jamiyat», «Mohiyat», «Hurriyat» gazetalari, shuningdek siyosiy partiyalarning markaziy matbuot nashrlarida keng yoritildi.
Hisobot davrida Jamoat fondiga yuborilgan yozma murojaatlarning soni 553 tani yoki 2,8 barobarga, ularga moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy хususiyatga ega yozma tushuntirishlarning soni 4,6 barobarga oshdi.
Parlament komissiyasi va Jamoat fondining 2015 yildagi faoliyati tahlili NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining loyiha va dasturlarini qoʻllab-quvvatlashga ajratiladigan mablagʻ hajmi 2014 yilga nisbatan 22%dan ortiqqa oʻsganligi, Parlament komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan loyihalar soni 267 tadan 300 taga izchil ortganligini koʻrsatmoqda.
Ma’ruf USMANOV suhbatlashdi va yozib oldi.
1 «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19, 20 va 21-moddalarida belgilangan davlat subsidiyalarini, grantlarini ajratish va ijtimoiy buyurtmalarni taqdim etishning tartibi va shartlari belgilandi. Bu Qonunning 16 va 18-moddalari talablaridan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha Jamoat komissiyalarining faoliyatiga uslubiy rahbarlikni ta’minlash uchun ularning namunaviy Reglamenti ishlab chiqildi va Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlandi.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Qonun ijrosi deputatlar nazoratida
Qonunlarimiz yuqori samara va unumdorlik bilan ishlashi kerak!
Parlamentning asosiy vazifalaridan biri – davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish
Ekologik nazorat jiddiy amalga oshiriladi
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan:
Qanday hollarda korхona rahbari buyruq yoki farmoyish beradi? Bu ikkalasining farqi nimada?