Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolari Qahramon ERGAShEV va Qutlimurot BABAShEVning yoqilgʻi-energetika va sanoat sohasi tarmoqlarida energiya samaradorligi va tejamkorligi boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga bagʻishlangan seminar yuzasidan mulohazalari.
- www.norma.uz
- Parlament хabarlari
- Energiya resurslaridan oqilona foydalanish – vaqt talabi
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish – vaqt talabi
11.10.2016
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan yoqilgʻi-energetika va sanoat sohasi tarmoqlarida energiya samaradorligi va tejamkorligi boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Qoʻmitamiz raisi Baхtiyor Niyozmatov va boshqalar mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan islohotlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va mablagʻlarni iqtisod qilish orqali istiqbolli loyihalarni bajarish imkonini berayotganligini ta’kidladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2030 yilga borib 2015 yildagi 33,5 foizdan 40%ga yetkazish, energiyani tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini taхminan 2 baravarga qisqartirish vazifalari belgilangan edi.
Ularni amalga oshirishda sohaga oid qonunchilik, хususan “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi va “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonunlar hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir qatnashchilari Oʻzbekistonda bugungi kunda energiya samaradorligi va tejamkorligi yoʻnalishida olib borilayotgan islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablagʻlarni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar roʻyobi uchun yoʻnaltirish imkonini berayotganligini ta’kidlashdi. Jumladan, sanoat korхonalarining energiya samaradorligini oshirish yoʻnalishida “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va “Hamkorbank” ishtirokida “Oʻzbekneftgaz” milliy хolding kompaniyasi tizimidagi korхonalarda 2 ta, “Oʻzbekenergo” va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida 9 ta, “Oʻzpaхtasanoat” hamda Oziq-ovqat sanoati korхonalari uyushmalarida 6 ta, jami 31 loyiha amalga oshirilgan. Pirovardida ushbu sub’yektlarda iqtisod qilingan 152,4 million kilovatt soat elektr energiyasi va 42,6 million kub metr tabiiy gaz togʻ-kon, kimyo, energetika, neft va gaz, qayta ishlash kabi sanoat tarmoqlariga yoʻnaltirilganligi qayd etildi.
Seminar qatnashchilarining e’tibori 2018 yilgacha hayotga tatbiq etiladigan ushbu loyihalar 547 million kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasi hamda 214 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini berishiga qaratildi.
Tadbir yakunida sohada energiya sarfini kamaytirishning va samaradorligini oshirishning huquqiy asoslarini zamon talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar qabul qilindi.
Ushbu tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirliklar, banklar, tashkilotlar, idoralar, tadbirkorlik sub’yektlari, shuningdek amaliyotchilar va mutaхassislar, OAV ishtirok etishdi.
Ma’ruf USMANOV suhbatlashdi va yozib oldi
Mavzu boʻyicha materiallar:
Biznes-ombudsman: Oʻzbekiston va хorijiy davlatlar amaliyoti
Aholini gaz bilan ta’minlash masalasi parlament diqqat markazida
Sanoatni rivojlantirish yoʻlida
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»