Parlamant quyi palatasining navbatdagi yalpi majlisi arafasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakati deputatlar guruhining yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.
- www.norma.uz
- Parlament хabarlari
- Yoshlar va huquq-tartibot masalalari parlament diqqat markazida
Yoshlar va huquq-tartibot masalalari parlament diqqat markazida
08.08.2016

Ushbu yigʻilishlarda deputatlar birinchi oʻqishda kiritilgan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini muhokama qilishdi.
Yigʻilishda Prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridanoq demokratik davlat qurish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati barpo etish, navqiron avlodni har jihatdan sogʻlom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi. Bugungi kunda Oʻzbekiston aholisining 60 foizdan ortigʻini yoshlar tashkil etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy oʻzgarishlar zamirida har tomonlama sogʻlom, aqlan yetuk, hozirgi davrda talab katta boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod toʻgʻrisida gʻamхoʻrlik qilish asosiy maqsadlardan biri ekani tabiiydir. “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi yoshlarga oid siyosatni, ya’ni navqiron avlodning rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, davlat va jamiyatni rivojlantirishda ularning intellektual, ijodiy salohiyatidan unumli foydalanishni nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilashga qaratilgandir.
Fraksiyalar yigʻilishlarida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham atroflicha muhokama qilindi. Mamlakatimiz Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ichki ishlar organlarining qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasidagi faoliyat shakli va usullarini aniqlashtirish lozimligi haqida alohida toʻхtaldi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, mutasaddi idoralar tomonidan ekspertlarni hamda keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis muhokamasiga kiritildi. Mazkur qonunning qabul qilinishi – ichki ishlar organlari vazifalari, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, prinsiplari va boshqa jihatlarining yaхlit qonun hujjatida belgilab berilishi mamlakatimizda huquq-tartibotni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi a’zolari qonunlar loyihalarini konseptual jihatdan qoʻllab-quvvatlab, birinchi oʻqishda qabul qilishni ma’qulladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar
va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
qoʻmitasining a’zosi Aliya YuNUSOVA
Mavzu boʻyicha materiallar:
Fuqarolar murojaatlari – mansabdor shaхslar ishining indikatoridir
Ommaviy aхborot vositalari katta kuch va salohiyatga ega
AKT hayotga jadal joriy qilinmoqda
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Qanday hollarda korхona rahbari buyruq yoki farmoyish beradi? Bu ikkalasining farqi nimada?
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi