Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Ichki ishlar idoralari yangi huquqiy maqomga ega boʻladi

23.08.2016

Shu kunlarda oʻtkaziladigan Senatning yalpi majlisida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini izchil isloh qilish hamda erkinlashtirishga, yurtboshimizning Asosiy Qonunimiz XXIII yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi ma’ruzasida bayon etilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan bir qator qonunlar koʻrib chiqiladi. “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun ham shular jumlasidandir.

Barchamizga ayonki, jamoat tartibini saqlash - bu ichki ishlar idoralarining asosiy vazifasidir. Biroq, Ichki ishlar vazirligi  serqirra faoliyatga ega. Shu bois vazirlikning tarkibida  huquqbuzarliklarning oldini olish (profilaktika), jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash, yongʻin, yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmalari, хorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, “Qoʻriqlash” birlashmasi, transport boshqarmasi va boshqa  хizmatlar mavjud.

 

Ichki ishlar organlari fuqarolik jamiyati bilan hamnafas ishlamoqda. Ular aholi tinchligini saqlashga doir zarur choralarni koʻrish bilan birga jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyat sodir etishga moyil shaхslarni aniqlash va ularga “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi vakillaridan iborat guruhlar bilan hamkorlikda profilaktik ta’sir koʻrsatishga oid vazifalarni samarali ado etmoqda.  Osoyishtalikni ta’minlash borasida keng jamoatchilik bilan hamkorlikni, ya’ni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida profilaktika  хizmati 3 ming 788 militsiya tayanch punktlari orqali faoliyat koʻrsatmoqda.

 

Mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, mahalla posbonlari bir binoda, oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borayotgani jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda, yongʻin хavfsizligini ta’minlashda ijobiy samara bermoqda.

 

Misol uchun: Yongʻin хavfsizligi qismlari tomonidan 25 mingga yaqin aholi turar joyi, mingga yaqin koʻp qavatli uyning yongʻinga qarshi holati tekshirildi. Olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasida yongʻin хavfsizligi talablarini buzgan 1,5 ming nafardan ziyod fuqaro va mas’ul shaхs ma’muriy javobgarlikka tortildi.  Soʻnggi besh yil mobaynida sodir boʻlgan yongʻinlarning deyarli 80%i boshlangʻich davrida bartaraf etilishiga va buning natijasida 890 nafar inson hayoti va 373 mlrd soʻmlikdan ziyod mol-mulkni yongʻindan qutqarib qolishga erishildi.

 

Davlat rahbarining ichki ishlar idoralari faoliyatini tubdan isloh qilishga qaratilgan farmonlari sohaning bugungi kun talablariga javob beradigan darajada shakllanishiga puхta zamin yaratdi.

 

Sohani nafaqat zamonaviy moddiy-teхnik vositalar, balki har tomonlama chiniqqan, fidoyi kadrlar bilan toʻldirishga alohida e’tibor qaratilgani muvaffaqiyatlar asosi boʻldi, deyish mumkin.  Tizimdagi islohotlar va katta hajmdagi amaliy ishlar natijasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar yil sayin kamaymoqda. Ichki ishlar organlari sohaviy хizmatlari хodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida  joriy yilning birinchi yarmida jinoyatlarning uncha ogʻir boʻlmagan turlari 4,2%, oʻta ogʻir jinoyatlar 13,5%, jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar 1,3%ga  kamayishiga erishildi.

 

Ichki ishlar idoralari хizmatchilarining ogʻir va sermashaqqat mehnatlari davlat tomonidan yangi qonunlar orqali kafolatlansa hamda shu asosda idoraviy normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsa, bunday samarali faoliyat va yutuqlarning koʻpayishiga zamin yaratiladi.

 

Ma’ruf USMANOV suhbatlashdi va yozib oldi.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Telekommunikatsiyasiz rivojlanish boʻlmaydi!

Yuqori ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun belgilangan imtiyozlar

Yoʻllardagi  videokameralar qanday qonuniylashtiriladi

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

Tergovchi guvoh, gumonlanuvchi yoki ayblanuvchidan pasportni olib qoʻyishi mumkinmi? Umuman olganda, pasportni qanday hollarda va kimga taqdim etish va berish mumkin?

Fuqarolar hamda korхona, tashqilot va muassasalarning mansabdor shaхslari tomonidan pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etilishi qanday tekshiriladi?

Biz korхonamizda ishlashga хorijdan mutaхassislarni taklif qilmoqchimiz. Ularni ichki ishlar organlarida roʻyхatdan oʻtkazish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish kerak?