Toshkent shahrida 2016 yil 10 dekabr kuni Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligida boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisini joriy yilning 13 dekabrida chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi.
- www.norma.uz
- Parlament хabarlari
- Sakkizinchi yalpi majlisda Senat 15 ta masalani koʻrib chiqadi
Sakkizinchi yalpi majlisda Senat 15 ta masalani koʻrib chiqadi
12.12.2016

Yalpi majlisning kun tartibiga 15 ta masala (shu jumladan 5 ta qonun) muhokamaga qoʻyilmoqda:
- Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida;
- “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;
- “Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;
- “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Bundan tashqari, Oliy Majlis Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish nazarda tutilmoqda.
Oliy Majlis yuqori palatasi qoʻmitalarining va Devonining sakkizinchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan Senat raisining oʻrinbosari Svetlana Ortiqova boshchiligida ishchi guruhi tuzildi.
Kengash majlisida Senat a’zolaridan tashqari tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ayrim fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va OAV ishtirok etishdi.
Ma’ruf USMANOV
Mavzuga oid materiallar:
Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi 2016 yil 12-13 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi
Senatda dolzarb masala muhokama qilindi
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi