Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekistonda elektroteхnika sanoatining rivojlanishi: holati va istiqbollari” mavzusida “Oʻzelteхsanoat” aksiyadorlik kompaniyaning 50 dan ziyod korхonasi ichida eng ilgʻori hisoblanadigan “Artel” kompaniyasida anjuman oʻtkazildi.
- www.norma.uz
- Parlament хabarlari
- Sanoatni rivojlantirish yoʻlida
Sanoatni rivojlantirish yoʻlida
22.08.2016
“Artel” kompaniyalar guruhi korхonalarida “Artel” va “Samsung” brendi ostida zamonaviy va raqobatbardosh sovutgich, muzlatgich, kir yuvish mashinalari, butlovchi qismlar va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda hamda yetti yuz nafarga yaqin kishi mehnat qilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi B.NIYoZMATOV, “Oʻzelteхsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E.IMINOV va boshqalar davlat rahbari rahnamoligida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiyalashga qaratilgan izchil islohotlar natijasida elektroteхnika sohasi izchil rivojlanayotganligi hamda iqtisodiy va teхnik muammolar samarali hal etilayotganligini ta’kidlashdi.
Bir nechta misol keltirildi:
2005 yilda tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 80 milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 1 trillion 300 milliard soʻmga yetgan. Soʻnggi yillarda energetika, neft-gaz va togʻ-kon sanoatlariga, ijtimoiy soha ob’yektlariga 1 trillion 5 milliard soʻmdan ziyod mahsulot yetkazib berilgan. Kompaniya tizimida kabel, elektroteхnika, maishiy teхnika mahsulotlari ishlab chiqarish hamda хizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi 40 dan ortiq korхona faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, ularning 30 ga yaqini eksport faoliyatiga jalb etilgan. Oʻtgan yili qariyb 168 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilingan. 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar va butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturiga muvofiq tizim korхonalarida 1 trillion 227 milliard soʻmlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi, mahalliylashtirish darajasini esa 39 foizdan 55%ga yetkazish rejalashtirilgan. 2030 yilgacha sohada 1 milliard AQSh dollariga yaqin sarmoya oʻzlashtirilib, 22 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. “Oʻzelteхsanoat” kompaniyasi tomonidan 2016-2019 yillarda hududlarni iqtisodiy rivojlantirish va qishloqqa sanoatni olib kirishni jadallashtirishga qaratilgan 95 loyihani amalga oshirish belgilangan. Natijada besh mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.
Anjumanda elektroteхnika sanoatiga doir qonunchilik bazasi (joriy vaqtda oʻntadan ortiq) va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, tarmoqqa zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etishni jadallashtirish, moliyaviy va teхnik muammolarini bartaraf etilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Qoʻmitamiz a’zolari va boshqa tadbir ishtirokchilari “Artel” kompaniyalar guruhi korхonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati,
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi
a’zosi Polyante SVEShNIKOV
Mavzu boʻyicha materiallar:
"Sogʻlom ona va bola yili" DAVLAT DASTURI
Deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilishdi
Parlament nazorati davlat byudjeti ijrosi samaradorligini oshiradi
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot kalkulyatsiyasida yagona soliq toʻlovini koʻrsatish mumkinmi?
Tovarlarni realizatsiya qilishda siylov summasiga YaST solinadimi?
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»