Prezidentning 1.06.2018 yildagi PF–5454-son Farmoni bilan Prezidentning 17.02.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–4960-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling.
1.06.2018 yildan boshlab IIV akademik litseylarining soha fanlari oʻqituvchilari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ichki ishlar organlari хodimlari sirasidan boʻlgan pensionerlarga pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning хodimlariga toʻliq pensiya toʻlanishi bilan bogʻliq boshqa holatlarda boʻlgani singari, faqat koʻrsatilgan faoliyat pensionerning yagona ish joyi hisoblansa, unga 100 foiz pensiya toʻlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov.