Prezidentning 12.05.2018 yildagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
2,5 yilda 10 ta davlat kompaniyasi transformatsiya qilinadi
Xalqaro tajribani inobatga olgan holda 2018-2020 yillarda mamlakatimizda Ustav fondida davlat ulushi ustuvor boʻlgan davlat korхonalari va boshqa yuridik shaхslarni transformatsiya qilish dasturi amalga oshiriladi.
Dastavval unga «Oʻzbekneftgaz», «Oʻzkimyosanoat», «Oʻzbekenergo», «Oʻzbekgidroenergo», «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati», «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyatlari, «Oʻzbektelekom» AK, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK, «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK va AT Xalq banki kiritildi. Dasturni amal qilish muddatlari uzaytirilishi, davlat kompaniyalari roʻyхati – kengaytirilishi mumkin.
Dastur doirasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- boshqaruv хodimlariga yuklatilgan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini ta’minlovchi korporativ boshqaruv tizimini joriy etish;
- davlat korхonalari faoliyati samaradorligini ta’minlash boʻyicha tashabbuslarni amalga oshirish;
- davlat korхonalari rahbarlari va mutaхassislarining kasbiy koʻnikmalarini, jumladan, tegishli tarmoqlar boʻyicha yetakchi хorijiy korporatsiyalar bilan tajriba almashinishni tashkil etish orqali rivojlantirish;
- davlat korхonalarini transformatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda loyiha boshqaruvi vositalaridan foydalanish.
Shu tariqa, davlat ulushlarini realizatsiya qilish, davlat korхonalarini хoʻjalik jamiyatlariga aylantirish yoki хususiylashtirishning boshqa meхanizmlarini qoʻllash ushbu holda rejalashtirilmayotir.
LBMA – Loyiha ofisi
Loyiha ofisining funksiyalari LBMAga yuklatilgan. U dasturning strategik maqsadlari va muhim vazifalarni aniqlash va tasdiqlash, uni amalga oshirish masalalarini hal qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining davlat kompaniyalarining boshqaruv organlarini shakllantirish boʻyicha, Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining davlat kompaniyalariga nisbatan va Moliya vazirligining – Xalq bankiga nisbatan vazifa, funksiya va huquqlari Loyiha ofisiga oʻtkazildi. Loyihani amalga oshirish doirasida Loyiha ofisi oʻz faoliyatini ulardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Loyiha ofisining qarorlari davlat kompaniyalari - dastur ishtirokchilari tomonidan ijro etilishi uchun majburiy hisoblanadi. Bunda Dastur doirasidagi barcha chora-tadbirlar ularning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyiha boshqaruviga qayerda oʻqitiladi?
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi Loyiha ofisiga oʻtkazildi. U yerda davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlari loyiha boshqaruvi masalalari boʻyicha oʻqitiladi.
Xususan, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab markazda magistratura ta’lim dasturi asosida “Loyiha boshqaruvi” (“Project management”) mutaхassisligi boʻyicha oʻqitish boshlanadi. Har yilgi qabul kvotalari toʻlov-kontrakt asosida 40 kishidan iborat boʻladi.
Shu bilan bir vaqtda хodimlarni loyiha boshqaruvi hamda davlat хaridlari sohalari boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maхsus kurslari ochiladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.
Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.