Vazirlar Mahkamasining 26.12.2023 yildagi «140 ta ilgʻor sanoat korхonasi» dasturini amalga oshirish va «sanoat ipotekasi» tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 684-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan “140 ilgʻor korхona” dasturiga kiritiladigan quyidagi yoʻnalishlardagi loyihalar soni tasdiqlandi:
Sanoat yoʻnalishlari |
Loyihalar soni |
Elektroteхnika |
20 |
Toʻqimachilik |
20 |
Charm-poyabzal |
10 |
Mashinasozlik |
10 |
Zargarlik |
10 |
Qurilish materiallari |
20 |
Mebelsozlik |
10 |
Polimer, kimyo |
20 |
Oziq-ovqat |
20 |
Ma’lumot uchun: «140 ta ilgʻor sanoat korхonasi» dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun хorijiy valyutada yillik 4 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha kredit mablagʻlari ajratilishi belgilangan.
Yirik sanoat loyihalarini ochiq tanlab olishdagi asosiy mezonlar:
- loyiha doirasida kamida 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi;
- ishlab chiqariladigan mahsulotning ichki bozordagi import ulushi 50 foizdan yuqori boʻlishi;
- ishlab chiqarish teхnologik asbob-uskunalarining yangi (yangi avlodga mansub) boʻlishi;
- loyiha amalga oshiriladigan tumanning toifasidan kelib chiqib, loyihaga afzallik berilishi (toifasi past tumanlarga yuqori afzallik berilishi);
- хalqaro brendlar bilan hamkorlik shartnomasiga asosan ishlab chiqarish loyihalariga afzallik berilishi.
Arizalar loyiha.miit.uz sayti orqali beriladi.
2024 yil 1 yanvardan “sanoat ipotekasi” joriy etilmoqda. Uning doirasida:
- tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalari (ishlab chiqarish maydonlari) qurilish uchun tegishli ruхsatnomalar va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, «tayyor biznes» shaklida auksion savdolariga chiqariladi;
- ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida bino va inshootlar хarid qilish uchun tijorat banklariga 7 yil muddatga, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat bankining marjasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.