FHDYo organlari, “Oila” markazining boʻlimlari hamda хotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari – хotin-qizlar qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi. OʻzA Prezidentning 2.02.2018 yildagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilinganlishi haqida хabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari Adliya vazirligi tuzilmasiga kiradi. Biroq koʻrsatilgan sanadan boshlab ular nikoh munosabatlariga oid dalolatnomalarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) hokimliklariga boʻysundiriladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.