Bu Prezidentning 2019 yil 30 dekabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
2020 yil 1 fevraldan byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari 1,07 baravarga oshiriladi.
Tegishincha koʻrsatilgan sanadan boshlab asosiy hisob-kitob koʻrsatkichlari quyidagilarni tashkil etadi:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) – oyiga 679 330 soʻm;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) – bir oyda 238 610 soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiya – bir oyda 466 680 soʻm;
- bolaligidan nogironlarga beriladigan nafaqa – bir oyda 466 680 soʻm;
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarga beriladigan eng kam nafaqa miqdori – bir oyda 286 390 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oʻzgartirilmasdan 223 000 soʻm darajasida qoldirildi.
MHEKM, BHM va PHBM nimalarni ifodalashi, shuningdek ularning koʻrsatkichlari qanday ekanligi va qaysi holatlarda qoʻllanilishi haqida bu yerda oʻqish mumkin.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasining 31.12.2019 yildagi 272 (7471)-sonida chop etilgan.