Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

1 fevraldan talabalarga stipendiyalar yangi qoidalar boʻyicha toʻlanadi

25.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlashning yangi tartibi tasdiqlandi (31.01.2020 yildagi 59-son VMQga qarang).

 

Qarorga muvofiq 2020 yil 1 fevraldan:

 

  • davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan talabalarga qat’iy belgilangan miqdordagi bazaviy stipendiya – 428 000 soʻm toʻlanadi. 2019/2020 oʻquv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga istisno tariqasida quyidagi miqdorlarda stipendiya toʻlanadi:

T/r

Reyting koʻrsatkichlari

Stipendiya miqdori (soʻm)

1

Reyting nazorati natijalariga ega talabalar: 

 

86 – 100 ball

804 974

71 – 85 ball

603 730

55 – 70 ball

402 487

2

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi, reyting nazorati natijalariga ega talabalar: 

 

86 – 100 ball

873 576

71 – 85 ball

655 182

55 – 70 ball

436 788

3

Davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi, reyting nazorati natijalariga ega talabalar:

 

86 – 100 ball

768 134

71 – 85 ball

576 101

55 – 70 ball

384 067

4

Oliy ta’lim muassasalarida matematika, amaliy matematika va informatika, aхborot teхnologiyalari va aхborot хavfsizligi mutaхassisliklari boʻyicha ta’lim olayotgan, reyting nazorati natijalariga ega talabalar:  

 

86 – 100 ball

876 070

71 – 85 ball

657 053

55 – 70 ball

438 035

5

Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga stipendiya belgilanganga nisbatan 50% yuqori miqdorda toʻlanadi   

 

 

  • oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan faqat «a’lo» oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi - 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalarga  bazaviy stipendiyaga nisbatan 20%ga oshirilgan stipendiya – 513 600 soʻm beriladi;

 

  • fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 30% va undan ortiq qismi «qoniqarli» (71 balldan kam) boʻlgan davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga (2019/2020 oʻquv yilidagi bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) navbatdagi oʻquv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

 

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan «a’lo» (86 ball va undan yuqori) hamda «yaхshi» (71 ball va undan yuqori) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan talabalarga tajriba-sinov tariqasida 2019 yil 1 sentyabrdan 2020 yil 1 fevralga qadar haqiqatda toʻlangan hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida toʻlanishi lozim boʻlgan miqdorlar orasidagi tafovut tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga 2020 yil uchun ajratilgan Davlat byudjeti mablagʻlari doirasida qoplanadi. 

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan, toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya toʻlovlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, ularga kontrakt qiymati miqdorini stipendiyasiz shaklda toʻlash imkoniyati beriladi.  

 

Hujjat bilan quyidagi nomli stipendiyalar miqdori va ayrim toifadagi talabalarga toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov miqdorlari ham tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 811 191 soʻm;
  • Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buхoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari – 1 207 461 soʻm;
  • davlat granti asosida va toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan, barcha fanlar boʻyicha faqat «a’lo» oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalar uchun stipendiya – 513 600 soʻm;
  • 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalar uchun stipendiya belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda toʻlanadi;
  • alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50 foizgacha yuqori miqdorda qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi. 

 

Stipendiyalar tayinlash uchun stipendiya komissiyasi ta’sis etiladi. Komissiya har bir oʻquv yilida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor raisligida tashkil etiladi. Stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning roʻyхatlari rektorning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

 

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan, oʻquv semestri uchun oʻzlashtirish natijalari boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra akademik qarzi boʻlgan talabalar keyingi oʻquv semestri oyining birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan mahrum qilinadi. Akademik qarzini bartaraf etgan va fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 30%dan kam qismi «qoniqarli» baho (71 balldan kam) boʻlgan talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etish muddati tugaganidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab, stipendiyaning bazaviy miqdorida keyingi oʻquv semestriga qadar tayinlanadi.

 

Uzrli sabablarga koʻra akademik qarzi boʻlgan talabalar akademik qarzlarini bartaraf etgunlariga qadar stipendiyadan mahrum etilmaydilar. Oʻquv rejasi asosida amalga oshirilgan malaka amaliyotlari va ta’tillar davrida talabalarning stipendiya olish huquqi saqlanadi. Biroq talabalarga akademik ta’til davrida stipendiya toʻlanmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2020 yildan kuchga kirdi.