Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 maydan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi

06.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.04.2024 yildagi PF-69-son Farmoni bilan 1 maydan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi.

 

Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari Prezident huzuridagi Statistika agentligi 2024 yil 30 aprelda aholining eng kam iste’mol хarajatlari (EKIX) yangilanganligi haqida e’lon qilganligi munosabati bilan oshirildi. Kambagʻallik chegarasini aniqlash uchun foydalaniladigan ushbu koʻrsatkich 4,3 foizga – bir oyga kishi boshiga 621 ming soʻmdan 648 ming soʻmgacha (kuniga 20,7 ming soʻmdan 21,6 ming soʻmgacha) oshirildi. EKIX koʻrsatkichi pensiya va nafaqalar miqdoridan yuqori ekanligi ma’lum boʻldi.

 

Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga asosan qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol хarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas. Shu munosabat bilan pensiya va nafaqalar kambagʻallik chegarasi darajasigacha oshirildi.

 

Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda oyiga 621 ming soʻmdan 648 ming soʻmgacha, ya’ni 4,3 foizga oshirildi.

 

Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqaning eng kam miqdori ham keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlash bilan 621 ming soʻmdan 648 ming soʻmgacha oshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.05.2024 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova