Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

1 oktyabrdan aksiz soligʻi stavkasi oshiriladi

30.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ilgari rejalashtirilgan alkogol va tamaki mahsulotlari stavkalari oshirilishi bilan birga neft mahsulotlari, gaz, mobil aloqa va polietilen granulalar stavkalari ham oshiriladi (26.09.2019 yildagi PF-5837-son Farmonga ilovaga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, iyul oyidayoq mahalliy ishlab chiqarilgan alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz soligʻi stavkalari 1 oktyabrdan oshirilishi ma’lum boʻlgan edi. Stavkani alkogolga oʻrtacha 10%ga, sigareta va papiroslarga – 20%ga oshirishga qaror qilindi. Hozircha ayrim pozitsiyalar boʻyicha tuzatishlar kiritilgan.  

 

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkasi rejalashtirilganidek 92 950 soʻm emas, balki 98 000 soʻmni, spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan koʻp boʻlgan 1 dal tayyor mahsulot uchun 148 ming soʻmni tashkil etadi (hozir – 140 300 soʻm, ushbu stavkani oshirish nazarda tutilmagan edi, tahr.). Pivoga aksiz soligʻi stavkasi 1 dal uchun 10 100 soʻmni emas, 10 600 soʻmni tashkil etadi. Tamaki mahsulotlaridan avvalboshdan 1 ming dona uchun 141 500 soʻm + 4% tasdiqlangan boʻlsa-da, 1 ming dona uchun 141 500 soʻm + 9% undiriladi.

 

Shu tariqa, amaldagi stavkalarga nisbatan aroqqa aksiz soligʻi stavkasi 16%ga (moʻljal – 10%ga), pivoga – 15,2%ga (moʻljal – 9,8%ga), tamaki mahsulotlariga – 20,05% (moʻljal – 20%ga edi) indeksatsiyalanadi. Spirt, vino va konyakka aksiz soligʻini indeksatsiyalash qayta koʻrib chiqilmaydi, ular avval 24.07.2019 yildagi PF-5771-son Farmonda tasdiqlangan doirada oshiriladi.  

 

Bundan tashqari, 1 oktyabrdan mamlakatda ishlab chiqariladigan bir qator mahsulotlarga aksiz soligʻi oshiriladi. Neft mahsulotlariga boʻlgan stavka ancha oshiriladi, tabiiy va suyultirilgan gaz, mobil aloqa va polietilen granulalar stavkasi oshiriladigan miqdori nisbatan kamroq boʻladi.

 

Tovarlar (хizmatlar)ning nomi

Aksiz soligʻi stavkasi

Oshiriladigan miqdori (%)

2019 yil 1 yanvardan 1 oktyabrgacha

2019 yil 1 oktyabrgacha

Mobil aloqa хizmatlari

15%

20%

33,3

Tabiiy gaz, shu jumladan eksport

15%

20%

33,3

Ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz («Oʻztransgaz» AK mintaqalararo unitar korхonalari orqali aholiga sotiladigan hajmlar bundan mustasno), shu jumladan eksport

26%

30%

15,4

Polietilen granulalar

25%

30%

20

Neft mahsulotlari:

 

 

 

Ai-80 benzini

1 tonna uchun 32 143 soʻm

1 tonna uchun 200 000 soʻm

522,2

Ai-91, Ai-92, Ai-93 benzini

1 tonna uchun 35 343 soʻm

1 tonna uchun 250 000 soʻm

607,3

Ai-95 benzini

1 tonna uchun 40 889 soʻm

1 tonna uchun 250 000 soʻm

511,4

Dizel yoqilgʻisi

1 tonna uchun 27 340 soʻm

1 tonna uchun 200 000 soʻm

631,5

EKO dizel yoqilgʻisi

1 tonna uchun 28 425 soʻm

1 tonna uchun 180 000 soʻm

533,2

aviakerosin

1 tonna uchun 5 058 soʻm

1 tonna uchun 180 000 soʻm

3 458,7

dizel yoki karbyurator (injektor)li dvigatellar uchun motor moyi

1 tonna uchun 20 700 soʻm

1 tonna uchun 250 000 soʻm

1 107,7

 

Boshqa stavkalar (zargarlik buyumlari; kumushdan yasalgan oshхona jihozlari; pirovard iste’molchiga sotiladigan benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz) 1 oktyabrdan oshirilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va oʻzgartirishlar 1.10.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.