Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

1 oktyabrdan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylari YaST yoki umumbelgilangan soliqlarni toʻlashadi

16.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 15.08.2018 yildagi Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Ayni paytda avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq toʻlanadi. Bunda ushbu faoliyat turi qismida ular soliq solishning boshqa tartibini (soddalashtirilgan tizim yoki umumbelgilangan soliqlar – tahr.) tanlash huquqidan mahrum etilganlar (SKning 371-moddasi 2-qismiga qarang).

 

Ushbu holatda qat’iy belgilangan soliq fizik koʻrsatkich – egallangan maydondan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. 2018 yilda ushbu хizmat turi boʻyicha qat’iy belgilangan soliq stavkasi egallangan 1 m2 maydon uchun oyiga:

  • Toshkentda – 0,1 EKIH;
  • Nukus va shaharlar-viloyat markazlarida – 0,06 EKIH;
  • boshqa shaharlarda – 0,05 EKIH;
  • boshqa aholi punktlarida – 0,04 EKIHni tashkil etadi.

 

Izoh: soliq solishning ushbu turi   dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylaridagi avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash хizmatlariga tatbiq etilmaydi.

 

2018 yil 1 oktyabrdan yuqorida ta’riflangan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq toʻlash tartibi bekor qilinadi. Ular yagona soliq toʻlovi yoki umumbelgilangan soliqlar toʻlashga oʻtkaziladi.

 

Davlat soliq qoʻmitasiga ushbu soliq toʻlovchilarning tushumlari toʻliqligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish topshirildi.

 

Shu sanadan boshlab ushbu хizmat turi, joylashuvidan qat’i nazar, avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari soliq organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun: 2018 yil 15 avgustdan 2019 yil 15 avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi. U, хususan, tadbirkorlik sub’yektlariga hokimliklar tasarrufida boʻlgan (shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan) avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-хususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berishni, shuningdek хususiy investorlarni jalb qilgan holda koʻp qavatli avtomobil saqlash joylarini qurishni nazarda tutadi. Eksperiment va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida batafsilroq- bu yerda.

 

Oleg Zamanov.

 

 Quyidagi NHHga ham qarang:

 

Soliq kodeksi

 

Prezidentning 29.012.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” PQ-3454-son qaroriga 10-ilova

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_