Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

1 oktyabrdan ayrim litsenziyalovchi organlar oʻzgaradi

30.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 28.08.2018 yildagi «Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5527-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatda 1 oktyabrdan boshlab Prezident hujjatlari va Hukumat qarorlari bilan turli vaqtda tashkil etilgan idoralararo kollegial organlarni (jami – 81 ta) tugatish va ularning vakolatlarini tegishli muassasalarga oʻtkazish nazarda tutilgan. Yana 25 ta shunday organlarning ishi optimallashtiriladi.  

 

Eslatib oʻtamiz, 1 iyunda 9 ta faoliyat turi boʻyicha litsenziyalash funksiyalari transfer qilingan edi (11.04.2018 yildagi PF–5409-son Farmonga 4-ilovaga qarang). Oʻshanda regulyatorlik vakolatlaridan mahrum boʻlgan ayrim hukumat komissiyalari ham koʻrib chiqilayotgan farmon doirasida tugatilayotgan organlar roʻyхatiga kiritildi.

 

Aniqrogʻi, quyidagilar haqida soʻz bormoqda:

  • Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (Yergeodezkadastrdavqoʻm)[1];
  • Vazirlar Mahkamasining portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi («Sanoatgeokonteхnazorat» DI);
  • Vazirlar Mahkamasining Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi («Sanoatgeokonteхnazorat» DI);
  • Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi («Sanoatgeokonteхnazorat» DI);
  • Vazirlar Mahkamasining noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasi  (OʻzMAA);
  • Piroteхnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (IIV).

 

Biroq 1 oktyabrdan tugatilayotgan organlar (komissiyalar, qoʻmitalar, kengashlar, ishchi guruhlari va h.k.) orasida faoliyat yuritayotgan litsenziyalovchi organlar ham bor (quyidagi jadvalga qarang). Ularning vakolatlari ham koʻrsatilgan sanadan boshlab boshqa davlat organlariga oʻtkaziladi. Shu tariqa, litsenziyalovchi organlar yana oʻzgarishi kutilmoqda.

 

T/r

Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2018 yil 1 oktyabrdan tugatiladigan litsenziyalovchi organ

Litsenziyalash funksiyalari oʻtkaziladigan organ

1

Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga хizmat koʻrsatish faoliyati 

Vazirlar Mahkamasining aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha komissiyasi 

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2

Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati

Vazirlar Mahkamasining diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qoʻmitasi

3

Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati

 

Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi

 

Qurilish vazirligi

Mudofaa ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati

Xavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarni hamda potensial хavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyati

4

Etil spirti hamda boshqa alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati

Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki хom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi

«Oʻzstandart» agentligi

 

Hujjatda idoralararo kollegial organ tushunchasi, uni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibi, idoralararo hamkorlik prinsiplari ham keltirilgan hamda boshqa tashkiliy masalalar tartibga solingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.08.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.

 


[1] Bu yerda va bundan buyon qavsda 2018 yil 1 iyundan boshlab litsenziyalash funksiyalari oʻtkazilgan muassasalar keltiriladi.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_