Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

1 oktyabrdan boshlab ish haqi va ijtimoiy toʻlovlar miqdori oshadi

22.08.2016

Prezidentning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi 2016 yil 22 avgustdagi Farmoniga binoan 2016 yil 1 oktyabrdan e’tiboran eng kam:

ish haqi – oyiga 149 775 soʻm;

 

yoshga doir pensiyalar – oyiga 292 940 soʻm;

 

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 292 940 soʻm;

 

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 179 755 soʻm miqdorida belgilandi.

 

Belgilandiki, ish haqi hamda pensiyalarga qoʻshilgan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.