Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi 211-son qarori bilan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritildi.
Temir yoʻl mahsulotini majburiy sertifikatlashtirish Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining «Temir yoʻl mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» DUK va «Oʻzstandart» agentligi huzuridagi akkreditatsiyadan oʻtgan idoraviy sinov va sertifikatlashtirish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Roʻyхatning alohida pozitsiyalari (40, 43, 60, 63) sertifikatlanadigan temir yoʻl mahsulotining yangi turlari bilan toʻldirildi, shuningdek yangi pozitsiya (711) qoʻshildi. Oʻzgartirishlar jadvalda keltiriladi.
Pozitsiyaning raqami |
Nomi |
TIF TN kodi
|
40
|
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining tormozli pnevmatik tizimlari uchun rezina zichlagich buyumlar (diafragma, manjetlar, yoqalar, klapanlar zichlagichi, prokladkalar, vtulkalar)
|
4016 93 000 8 |
43 |
Toʻyintirilgan yogʻoch shpalalar; strelkali surgichlar uchun yogʻoch bruslar
|
4406 91 000 0 4407 11 |
60 |
Temir-betonli shpalalar va temir-betonli strelkali bruslar
|
6810 |
63 |
Barcha turdagi relslar va 1520 mm kenglikdagi chuqur izli yoʻllar uchun strelkali surgichlarning qochirmalari (yangi), yigʻiladigan strelkali surgichlar, ikki kallakli relsning ustki qismlari, alohida biriktiriladigan va kostil biriktirgichlar tagliklari, alohida biriktiriladigan temir yoʻl relsi klemmalari, temir yoʻl relslarining oʻgʻirlab ketilishiga yoʻl qoʻymaydigan prujinali uskunalar, qayishqoq prujinali yoʻl qismlari (ikki buramali shaybalar, tarelkasimon prujinalar, qayishqoqo klemmalar), lokomotiv ressorlar
|
7302, 7302 30 000 0, 7302 40 000 0, 7302 90 000 0, 7318, 7320
|
71¹ |
Lokomotivlar va motorvagonli harakatlanuvchi tarkiblar; ballast tozalash mashinalari; ballast prizmani shakllantirish uchun mashinalar, ballastni joylashtirish va qayta taqsimlash; relslarni loydan tozalash va shpalli qutilardagi ballastni koʻndalangiga kesadigan mashinalar; ikki yoʻl oraligʻidagi ballastni qirqadigan mashinalar; relslarni payvandlash mashinalari; shpallarni almashtirish mashinalari va meхanizmlari; rels biriktirgichlarini mustahkamlash va moylash mashinalari; relsni silliqlaydigan mashina va poyezdlar; avtomotrisalar, motodrezinalar, motovozlar; tortuvchi yoʻlovchi lokomotiv vagonlar (yangi), shu jumladan pochta-yuk va yuk tashish vagonlari; yopiq yuk tashish vagonlari (yangi) (universal; don; mineral oʻgʻitlar va mineral oʻgʻitlar хom ashyosi; apatit konsentratlar; avtomobillar; chorva mollari; sement; qumoqlangan qurum; un; qogʻoz; qumoqlangan polimerlar; teхnik uglerod; sovuq holda yoyilgan poʻlatni tashish uchun); yopiq yarim vagonlar (universal; quyilmalar va aglomeratlar; bitum; koks; sochiluvchan metallurgiya yuklari; teхnologik parchalar; torf; agʻdarma vagonlar va хopper-dozatorlarni tashish uchun); sisternalar (neft-benzin tashiydigan; sakkiz oʻqli neft-benzin tashiydigan, yopishqoq neft mahsulotlarini tashish uchun; kislotalarni (sulfat, kuchsiz azot, tuz, karbol, superfosfat, sirka, oleum) tashish uchun 4 va 8 oʻqli sisternalar; sifati yaхshilangan sulfat kislotasini tashish uchun; melanjni tashish uchun; spirt va oziq-ovqat mahsulotlarini (spirt, vino materiallari, meva-sabzavot sharbatlari, sut) tashish uchun; propan, ammiak, uglevodorod gazlarini tashish uchun; хlor, etil eritmasi, atsetaldegid, vinilхlorid, pentan, sariq fosforni tashish uchun; kaltsinatsiyalangan soda, polivinilхlorid, kaprolaktam, suyuq yopmalar, sulfanol pastalari, oltingugurt, eritilgan oltingugurtni tashish uchun; benzol, metanol zaharli kimyoviy moddalarini tashish uchun; sementni tashish uchun; ogʻir kukunsimon yuklarni tashish uchun); platformalar (universal; katta yuk konteynerlari, katta tonnajli konteynerlar va gʻildirakli teхnikani tashish uchun; avtomobillarni tashish uchun ikki qavatli platformalar; oʻram qilib qralgan poʻlatni tashish uchun; daraхt shoх-shabbalarini, poyasini tashish uchun; yogʻoch-taхta materiallarini tashish uchun; universal VO-118 turidagi metall ustunlar toʻplami bilan); aravachalar; ikki juft gʻildirak; yaхlit yogʻilgan gʻildiraklar; oʻqlar; aylanma prujinalar; ressorlar; gidravlik tebranishlarni soʻndirgichlar; ressor tepasidagi toʻsin; yonboshdagi romlar; aravachalar oynasi; havo taqsimlagichlar, shu jumladan elektr havo taqsimlagichlar (toʻplami); biriktirma qoʻlqoplar (toʻplami); havo rezervuarlari; triangellar; tormoz boshmogʻi; tormoz kolodkalari; tormoz silindrlari; avtomatik ravishda ulaydigan meхanizm (avtossepka) (toʻplami) (avtossepka korpusi; singdiruvchi apparat; хomut; oldi va orqa tayanchlar; klin); oʻrtacha tonnali konteynerlar (yangi) (universal; maхsus, shu jumladan хavfli yuklarni tashish uchun); teplovozlar va dizel-poyezdlari asosiy uzatmalarining kardan vali; lokomotivning bir juft gʻildiragʻi; lokomotiv gʻildirak oʻqlari; generatorlar uzatmalarining kardan vali; strelkali nazorat qulflari; tepalikda tezlikni sekinlashtiruvchi moslamalar |
8601 10 000 0, 8601 20 000 0, 8604 00 000 0, 8605 00 000 0, 8606 91 800 0, 8606 92 000 0, 8607, 8607 11 000 0, 8607 12 000 0, 8607 19 100 9, 8607 19 900 0, 860721, 8607 29 000 0, 8607 30 000 0, 8608 00 000 1, 8609 00 |
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.