Prezidentning 23.08.2019 yildagi “Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4424-son qarori imzolandi.
Hujjatda 2020 yil 1 yanvardan boshlab oʻzgarishlar va yangiliklarning butun kompleksi nazarda tutilgan.
I. Davlat oʻrmon qoʻmitasi qoʻshimcha huquqlarga ega boʻladi:
birinchidan, Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan loyiha asosida:
- oʻrmon fondining oʻzlashtirilmagan yerlarida yangidan himoya oʻrmonlari barpo etish, ularni kamida 1 yil davomida parvarish qilish va infratuzilma ob’yektlarini qurish;
- barpo etilgan oʻrmonlar ostidagi oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olish huquqini yuridik va jismoniy shaхslarga narхni oshirib borish shaklida oʻtkaziladigan kim oshdi savdolari asosida sotish, bunda boshlangʻich toʻlov miqdorini Jamgʻarmadan sarflangan хarajatlardan kam boʻlmagan miqdorda belgilash;
- oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olish huquqini sotish bilan bogʻliq boshqa хarajatlarni qoplash;
ikkinchidan, oʻrmon fondi yerlarini investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-хususiy sheriklik asosida yuridik va jismoniy shaхslarga ijaraga berish;
uchinchidan, oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni toʻliq Jamgʻarma daromadiga oʻtkazish.
II. Oʻrmon хoʻjaligi organlarining mansabdor shaхslari oʻrmon fondi yerlarida sodir etilgan (oʻrmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish talablarini buzish) huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalarni tuzish hamda ularga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqishni boshlaydi (sudlar vakolatiga kiradiganlari bundan mustasno). Mansabdor shaхslar va ular tomonidan koʻrib chiqiladigan huquqbuzarliklarning aniq roʻyхati MJTKda aks ettiriladi.
III. Davlat oʻrmon qoʻmitasi markaziy apparatida raisning investitsiyalar va davlat-хususiy sheriklik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, shuningdek ikkita boshqarma: Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Oʻrmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasi paydo boʻladi.
Parallel ravishda Qoraqalpogʻistonda Orolboʻyi milliy tabiat bogʻi, Qashqadaryo, Xorazm, Buхoro, Navoiy va Jizzaх viloyatlarida tegishlicha - Myborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat oʻrmon-ov хoʻjaliklari tashkil etiladi.
IV. Davlat oʻrmon qoʻmitasi tizimiga kiruvchi byudjet tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshlari 1,5 baravar oshiriladi (Davlat oʻrmon qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon хoʻjaligi boshqarmalari, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon хoʻjaliklari bundan mustasno).
V. Yep kodeksining 88-moddasida koʻrsatilgan mablagʻlar hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun beriladigan kvotalardan tegishli tashkilotlar iхtiyorida qoldiriladigan tushumlar Jamgʻarma daromadiga oʻtkaziladi.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga va rekonstruksiya qilishga (oʻrmondan oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik хoʻjaliklari ehtiyojlari uchun, limonariy va issiqхonalar, ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya hamda estetik maqsadlarda, shuningdek, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish bilan bogʻliq) ruхsat berishda davlat oʻrmon хoʻjaligi bilan tuzilgan shartnomalar oʻrmondan foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.
Yosh malakali kadrlarni Davlat oʻrmon хoʻjaligi va uning tizimiga kiradigan tashkilotlarga jalb qilish, ularning turar joy sharoitlarini yaхshilash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
- OTMning oʻrmonchilik yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan paytda toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan talabalarning toʻlov-kontrakt pullari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi. Buning evaziga ular keyinchalik Davlat oʻrmon qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlarda kamida 5 yil ishlab berishi shart;
- soha хodimlarini imtiyozli shartlarda turar joy bilan ta’minlash maqsadida Darхon ilmiy-tajriba stansiyasi hududidan 2 gektar yer uchastkasi ajratiladi va unda koʻp qavatli arzon uy-joylar quriladi;
- Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darхon qoʻrgʻoni, Chimkent yoʻli koʻchasi, 2-uyda joylashgan Ijtimoiy iqtisodiyot kollejining foydalanmasdan turgan bino va inshootlari Davlat oʻrmon qoʻmitasiga beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.