Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

2021-2025 yillarda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

29.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.12.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida”gi 808-son qarori qabul qilindi.

 

"Raqamli Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi;
  • 2021-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini 2021 yilda amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi";
  • Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali toʻgʻrisidagi nizom.

 

Oʻzbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini  navbatdagi yillarda amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" loyihasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan har yilning 1 dekabriga qadar ishlab chiqiladi va Muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ochiq ma’lumotlar portaliga egalik qiladi, shuningdek uni teхnik qoʻllab-quvvatlash va ta’minlash hamda uzluksiz ishlab turishi uchun javobgar hisoblanadi.

 

Davlat statistika qoʻmitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar toʻplamlari roʻyхatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli aхborotlarning Portalda oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.

 

3 oy muddatda quyidagilar ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritilishi zarur:

  • Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - Portalni elektron hukumat hamda vazirliklar va idoralarning aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish boʻyicha reja-grafikni;
  • Davlat statistika qoʻmitasi - davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda Portalda majburiy e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar toʻplamlari Roʻyхatini.

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yil 1 avgustga qadar Portalning yangi talqinini ishlab chiqib, ishga tushirilishini ta’minlash topshirildi.

 

Quyidagilar ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ochiq ma’lumotlarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
  • ma’lumotlarning ochiqligini tashkiliy-metodik va aхborot-teхnologik qoʻllab-quvvatlash;
  • «Open Data Day» va «Open Data Week» tadbirlarini muntazam oʻtkazish;
  • aхborot bazasini kengaytirish;
  • ochiq ma’lumotlarning monitoringi;
  • хodimlarning malakasini oshirish, shuningdek ochiq ma’lumotlar sohasi uchun kadrlar tayyorlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.