Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

2021 yilda avtotransport uchun yigʻimlar miqdori oʻzgarmaydi

29.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

2021 yil uchun avtotransport yigʻimlari joriy, ya’ni 2020 yil uchun belgilangan miqdorda tasdiqlandi (25.12.2020 yildagi OʻRQ-657-son Qonunga qarang).

 

Bunda quyidagi keltirilgan jadval nazarda tutilmoqda.

 

T/r

Yigʻimlar va toʻlovlar turlari

Yigʻimlar stavkalari

I.

Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududida tranzit хarakatlanishi uchun yigʻimlar

(AQSh dollarida)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet el davlatlaridan avtotransport vositalari kirganligi va tranziti uchun yigʻim, bitta avtotashuvchi kirganligi uchun stavkalari (2–5-bandlarda koʻrsatilgan mamlakatlar bundan mustasno)

400

2.

Tojikiston Respublikasi yuk avtomashinalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tranzit harakatlanganligi uchun yigʻimlar:



10 tonnagacha

100


10 tonnadan 20 tonnagacha

150


20 tonnadan yuqori

200

3.

Qozogʻiston Respublikasi yuk avtomashinalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tranzit harakatlanganligi uchun yigʻim

300

4.

Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtomashinalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tranzit harakatlanganligi uchun yigʻim

300

5.

Turkmaniston Respublikasi yuk avtomashinalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tranzit harakatlanganligi uchun yigʻimlar:



10 tonnagacha

50

10 tonnadan 20 tonnagacha

100

20 tonnadan yuqori

150

II.

Avtotransport vositalarini sotib olinganligi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi IIV organlarida roʻyхatdan oʻtkazish chogʻida avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan yigʻim

1.

Yangi (foydalanishda boʻlmagan) avtotransport vositalari boʻyicha, bundan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtomobillar mustasno

хarid qilish narхining 3%i

2.

Foydalanilgan avtotransport vositalari boʻyicha:

ekspluatatsiya muddatidan kelib chiqib har bir ot kuchiga bazaviy hisoblash miqdori foizi hisobida

3 yilgacha

3 yildan 7 yilgacha

7 yildan yuqori


yengil avtomobillar

11

9

6


mototsikllar (shu jumladan, mopedlar) va yordamchi dvigatel oʻrnatilgan velosipedlar, kajavali yoki kajavasiz

10

7

5


boshqa motorli transport vositalari

16

13

9

 

Bunda:

  • Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab хorijiy davlatlarning ogʻir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalari oʻtganligi uchun jadvalda koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha yigʻim toʻlanishi bilan bir qatorda qoʻshimcha ravishda toʻlov undiriladi;
  • Oʻzbekiston Respublikasiga uchinchi mamlakatlardan yuklar olib oʻtishda va Oʻzbekiston hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan qoʻshimcha ravishda 175 AQSh dollari miqdorida yigʻim undiriladi;
  • gumanitar yuklarni olib oʻtishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitida undiriladigan yigʻimlar stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyenti qoʻllaniladi;
  • хalqaro shartnomada boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.