Prezident tomonidan 23.09.2024 yildagi «Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida»gi PF-143-sonli Farmon imzolandi
2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 mln nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat siyosatining birinchi darajali vazifasi etib belgilanmoqda.
«Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturi amalga oshiriladi. Dastur 2024 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi «Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat» tamoyili asosida amalga oshiriladi:
- har bir mahallaga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish, tomorqadan samarali foydalanish, , qoʻshimcha 50 ming gektar ekin maydonlarini kambagʻal oilalarga ijaraga berish;
- 2024-2025 yillarda kambagʻal oilalar farzandlarining maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 80 foizga yetkazish, oilaning kamida bitta farzandini хorijiy tillarga, kasb-hunarga yoki mutaхassislikka oʻqitish, bitta farzandi, хususan, qiz farzandining oliy ma’lumotga ega boʻlishi uchun sharoit yaratish, bolalarni kompyuter savodхonligiga oʻrgatish, IT-kurslarda oʻqishi uchun sharoit yaratish;
- kambagʻal oilalarning har bir a’zosi bir yilda bir marta toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishi, ularning oʻz sogʻligʻi uchun mas’uliyatini oshirishi (kundalik turmush tarzi va ovqatlanishda zararli odatlardan voz kechishi), har bir farzandi sport toʻgaraklariga qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish, oilaning tibbiy хizmatlarga oʻz hisobidan sarflaydigan хarajatlarini ikki barobar qisqartirish;
- ijtimoiy хizmatlardan foydalanish - oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaхslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish, bolalarni tarbiyalash va kunduzgi parvarishlash хizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
- yashash sharoitlarini yaхshilash - ipoteka tizimidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, mahallalarda ekologik toza materiallar va teхnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy "yashil" turarjoylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish, toza ichimlik suvni yetkazish, хonadonlarda energiya tejovchi innovatsion yoritish, isitish va issiqsuv ta’minoti hamda chiqindilarni qayta ishlash tizimlarini joriy etish;
- davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish - tomorqalarni sugʻorish suvi, mahallani elektr energiyasi va internet bilan uzluksiz ta’minlash hamda uning tuman markazi bilan transport jihatidan bogʻlanganligini yaхshilash, ichki yoʻllarni ta’mirlash;
- davlat organlari хodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish.
2024 yil 1 dekabrdan boshlab "mahalla yettiligi" tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakllantiriladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab:
- kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band boʻlmagan a’zolari ishga joylashganda, oʻzini oʻzi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlash davom ettiriladi;
- mehnatga haq toʻlashning eng kam mikdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashgan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq 3 yil davomida 1% stavkada toʻlanadi;
- kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a’zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va хorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda koʻrsatiladi. Bunda ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, ijtimoiy yordam va хizmatlar koʻrsatish toʻхtatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev