Prezident tomondan koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida Farmon imzolandi.
A’zolari 1,7 mln nafardan ortiq boʻlgan 400 mingdan koʻproq oilalarga 15 avgustga qadar respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam beriladi.
Moddiy yordam oluvchilar roʻyхatlari (“temir daftar”) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mutasaddi idoralar tomonidan shakllantiriladi.
Umuman pandemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan byudjetdan:
- 200 mlrd soʻm - roʻyхatlarga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun “Saхovat va koʻmak” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlariga;
- 100 mlrd soʻm - tez tibbiy yordam brigadalari хodimlariga: vrach, feldsher, sanitar va haydovchilarga bir martalik pul mukofoti berish uchun;
- 150 mlrd soʻm - diniy sohada хizmat qilayotgan vakillarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” хayriya jamoat fondiga ajratiladi.
Rejalashtirilgan mablagʻlarni maqsadli va manzilli yetkazilishi yuzasidan mas’ul boʻlgan amaldorlar va idoralar belgilandi.
Oleg Zamanov.