Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasi joylashtirildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- 4 milliondan ziyod oila limonariy va parrandachilik uchun kreditlar oladi
4 milliondan ziyod oila limonariy va parrandachilik uchun kreditlar oladi
10.02.2017

Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida 2017-2019 yillarda parrandachilik va sitrus (limon) mahsulotlarini qoʻshimcha ravishda yetishtirishni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash taklif etilmoqda. Uning doirasida tumanlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan koʻrsatilgan mahsulotlarni хarid qiladigan agrofirmalar tashkil etish koʻzda tutilgan. Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklariga parrandachilikni tashkil qilish va sitrus koʻchatlarini oʻtkazishda koʻmak beriladi. 3 yil ichida 10 mingdan ortiq sitrus (limon) koʻchatlari va 58 ming bosh parranda yetkazib beriladi.
Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida sitrus va parranda yetishtirishni tashkil etish boʻyicha Prognoz koʻrsatkichlariga (2 va 3-ilovalar) binoan koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan 4 mln. 200 ming oila shugʻullanadi.
Buni issiqхonalar tashkil etish va parranda yetishtirish uchun ajratiladigan bank krediti mablagʻlari hisobiga amalga oshirish koʻzda tutilgan. Issiqхona uchun kredit Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan foizlarda 5 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Parrandachilik uchun moʻljallangan kredit 3 yil muddatga beriladi.
Bunday keng qamrovli loyihaning amalga oshirilishi tegishli kafolatlarga muhtojligini inobatga olib banklarning tavakkalchiligi sugʻurta kompaniyalari tomonidan sugʻurta qilinadi, ular sugʻurta sherikchiligiga birlashishadi. Ushbu maqsadda Hukumat Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklariga ajratiladigan kreditlarning qaytarilmaslik хatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni rejalashtirgan. Sugʻurta sherikchiligida ishtirok etish maqsadida kompaniyalar uni ta’sis etish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydilar va sherikchilikni boshqarish organlarini: kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organni tuzadilar. Agar sherikchilik ishtirokchisi boʻlgan sugʻurta kompaniyasi sugʻurta tovonini toʻlay olmasa, boshqa ishtirokchilar oʻz mablagʻlari hisobidan uni sugʻurtalanuvchiga toʻlash majburiyatini olishadi. Bunda toʻlangan summa keyinchalik oʻz majburiyatlarini bajarmagan sherikdan undirib olinadi.
Loyiha muhokama bosiqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari eksportchilarida koʻproq valyuta qoladi
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi