Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

60 yoshdan oshmagan qishloq aholisiga imtiyozli ipoteka

20.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Arzon uy-joy qurilishi uchun imtiyozli ipoteka krediti rasmiylashtirish uchun  qishloq joylarda yashovchi qarz oluvchilarga yoshga doir cheklov belgilandi (18.09.2019 yildagi 784-son VMQga qarang).

 

Gap yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishi uchun  imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi хususida bormoqda. Mazkur holatda kreditlar “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzmilliybank, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank”da beriladi.

 

Endi ipoteka kreditini qishloq joylarda yashovchi, murojaat qilgan kunda 60 yoshdan oshmagan fuqarolar rasmiylashtirishi mumkin. Quyi yosh chegarasi oʻzgarmadi – 18 yosh.

 

Bundan tashqari, bu va bir qator boshqa hukumat hujjatlari avval qabul qilingan Prezident qarorlariga muvofiq keltirildi. Oʻzgartirishlar barpo etilayotgan uy-joylarning tiplari va kreditlashning boshqa shartlari: kredit taqdim etilayotgan muddat, imtiyozli davr davomiyligi,  boshlangʻich badal miqdori, foiz stavkalari va h.k. qismida kiritildi. Ular bilan bizning sharhlarimizda bu yerda, bu yerda va bu yerda batafsil tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.