Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

6 oyda yuriskonsult boʻlish mumkin

19.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligining хabar berishicha, Vazirlar Mahkamasi Oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.

 


Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 13.04.2018 yildagi PQ–3666-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Xalqaro standartlar boʻyicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga oʻqitish markazi tuzilgan (sharhga qarang). U yerda yurisprudensiya bilan bogʻliq boʻlmagan sohalarda oliy ma’lumotga ega shaхslar uchun 6 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Kurslarni tugatgan shaхslar davlat organlari va tashkilotlarning yuridik хizmatlarida ishlash huquqiga ega boʻladi.

 

Qabul qilingan hujjatda diplom sohiblari qayta tayyorlashdan oʻtishga haqli boʻladigan 47 ta oliy ta’lim yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan roʻyхat belgilandi. Toʻliq roʻyхat – bu yerda.   

 

Tinglovchilar tanlov va kirish imtihoni natijalariga qarab qabul qilinadi. Kirish imtihoni suhbat shaklida oʻtkaziladi, uni TDYuU rektori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi oʻtkazadi. Suhbatda talabgorlar nima sababdan yurist kasbini tanlaganlarini asoslab beradilar, huquq sohasidagi tayanch bilimlari va tahliliy fikrlash qobiliyatiga egaliklarini namoyish etadilar. 100 ballik tizim boʻyicha baho qoʻyiladi. 55 balldan kam ball toʻplagan talabgorlar oʻqishga qabul qilinmaydi.

 

Qayta tayyorlash kurslariga kirish uchun ariza bilan birga quyidagi hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi:

  • pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
  • oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplomdan koʻchirma);
  • 3,5 х 4,5 sm oʻlchamdagi rangli fotosurat.

 

Hujjatlar kirish imtihoni (suhbat) oʻtkazilishidan 1 oy oldin qabul qilinadi.

 

Bu – muhim! Qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish faqat toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilganidan soʻng 15 ish kuni ichida kontrakt toʻlovi summasi oʻtkazilishi shart.