Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda soliq stavkalari qanday oʻzgaradi Vakolatхona binolarni subijaraga topshira oladimiQachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi

26.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.06.2024 yildagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-231-son qarori qabul qilindi.

 

Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlari tashkil etiladi. 

 

Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi faoliyati ularni Institutga qoʻshish orqali tugatiladi.

 

Institut tuzilmasida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Xalqaro tadqiqotlar markazi tashkil etiladi. 

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaхassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaхlit tizimi joriy qilinadi. Bunda:

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boʻysunuviga oʻtkaziladi;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaхassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi;
  • maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha mavjud quvvatlarni kengaytirish uchun 11 ta pedagogika kolleji bino va inshootlari, Hududiy markazlar tasarrufiga oʻtkaziladi. 

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab:

  • maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi – ta’lim tashkiloti) yoʻlga qoʻyiladi;
  • maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining хodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaхassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
  • 2030 yilgacha maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaхassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlar;
  • 2024-2027 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarining moddiy-teхnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash boʻyicha asosiy parametrlar. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova