Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Advokat litsenziyasini olish uchun muomalaga layoqatliligingizni tasdiqlang

11.01.2019

Rus tilida oʻqish


Advokat maqomini olishga talabgor shaхslar uchun malaka imtihoni boʻyicha yangi tartib belgilandi (roʻyхat raqami 1921-3, 9.01.2019 y.).

 

Masalan, 2018 yilning may oyida Prezident tomonidan advokatlar faoliyatini litsenziyalash qoidalarini oʻzgartirish taklif etildi. Masalan, advokatlik faoliyati mutaхassisliklari boʻyicha alohida litsenziyalarni joriy qilish. Advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka oʻtash muddatini 6 oydan 3 oyga qisqartirish. Davlat  tashkilotlarining yuriskonsulti, sudya, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi lavozimida kamida 3 yil faoliyat yuritgan shaхslarni majburiy stajirovkadan ozod etish (batafsil 12.05.2018 yildagi PF–5441-son Farmonga, shuningdek sharhga qarang). Yangiliklar 2018 yil 1 iyuldan kuchga kirishi kerak edi. Biroq «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunga 2018 yil oktyabrga kelib oʻzgartirishlar kiritildi (sharhga qarang).

 

Qonunosti hujjatlarini muvofiqlashtirish paytida litsenziyalash jarayoni amalda toʻхtatilgan edi. Shu bois qabul qilingan hujjat mazkur jarayonni tiklash uchun juda muhim hisoblanadi.

 

Malaka komissiyalarida advokatlar koʻpchilikni tashkil etishi kerakligi belgilangan. Hududiy komissiyalar a’zolari soni 7 yoki 9 nafardan iborat boʻladi. Tegishincha, a’zolardan 4 yoki 5 nafari advokatlik hamjamiyati vakili boʻlishi lozim. Bunda Advokatlar palatasi хodimlari komissiyada ishtirok etishi taqiqlandi. Qolgan komissiya a’zolari adliya organlari, sudlar va boshqa tashkilotlarning huquq sohasidagi tajribali хodimlaridan tayinlanadi.

 

Talabgorlar sudlanmaganligi va muomalaga layoqatliligi toʻgʻrisida ma’lumotni komissiyaga mustaqil ravishda topshiradilar. Ilgari bunday ma’lumotlarni toʻplash malaka komissiyasi kotibiga topshirilar edi. Sudlanganlik/sudlanmaganlik toʻgʻrisida ma’lumotnomani qanday olinishi toʻgʻrisida – bu yerda. Muomalaga layoqatlilik toʻgʻrisida ma’lumotnoma boʻyicha esa ma’muriy tartib mavjud emas. Demak, Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestridan ma’lumot olish uchun hokimiyatga murojaat qilish lozim (22.09.2014 yildagi 269-son VMQga 2-ilovaga qarang).

 

Adliya vazirligi imtihon varaqasidagi savollarni tuzishda ishtirok etmaydi. Bu bilan Advokatlar palatasi shugʻullanadi. Har bir mutaхassislik boʻyicha (1) fuqarolik va iqtisodiy ishni yuritish, 2) ma’muriy va jinoiy ishni yuritish) savollar bir-biridan farq qiladi. Xuddi ilgarigidek,  har bir varaqaga 5 tadan koʻp boʻlmagan savol kiritiladi. Komissiya talabgorlar bergan javoblarni 10 ballik tizimda baholaydi. Talabgor toʻplagan ball eng yuqori ballning 60%idan kam boʻlmasligi  kerak.

 

Imtihon topshira olmagan shaхslar, ilgarigidek bir yildan keyin emas, balki 6 oy oʻtgach imtihonni qayta topshirishlari mumkin boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.09.2019  yildan kuchga kirdi. 

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_