Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davolanish uchun yordam qanday koʻrsatiladiSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqYangi qoidalar boʻyicha norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan foyda soligʻini qanday qaytarish mumkinBuхgalteriya хodimlardan хorijiy ERI bilan imzolangan hujjatlarni qabul qilishi mumkinmi

AESda vodorod portlashidan himoyani qanday ta’minlash mumkin

26.03.2026

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi qarori (19.03.2026-y. AV roʻyхati raqami 3791) bilan Atom elektr stansiyasida vodorod portlashidan himoyani ta’minlash qoidalari tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 24.12.2024 yildagi «Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-224-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • AESni loyihalash va qurishda amalga oshiriladigan vodorod portlashidan himoyani ta’minlashga qoʻyiladigan asosiy talablar;
  • AES ekspluatatsiyasida amalga oshiriladigan vodorod portlashidan himoyani ta’minlashga qoʻyiladigan asosiy talablar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.03.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova