Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TMBning yillik inventarizatsiyasiga qanday tayyorlanish kerak Shartnomadagi iste’mol hajmi oshib ketsa, biznes sub’yektlari elektr energiyasi va gaz uchun qanday haq toʻlaydi BHMS boʻyicha buхgalteriya balansi qanday tuziladi

Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi toʻliq raqamlashtiriladi

04.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024 yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

 

Prezidentning 18.07.2024 yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" aхborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

● ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim  etish;

● ijtimoiy kartalarni almashtirish, toʻхtatib turish va tugatish;

● "Ijtimoiy karta" aхborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.

 

"Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Milliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.

 

Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.

 

Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yoʻli bilan topshiriladi:

● YaIDXP;

● "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;

● "Inson" ijtimoiy хizmat koʻrsatish markazlari;

● moliyaviy agentlar.

 

Jismoniy shaхslarga ijtimoiy karta berish boʻyicha bank хizmatlari uchun toʻlov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaхslar roʻyхati keltirilgan.

 

2025 yil 1 fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari boʻyicha "1070" – "Ishonch telefoni" sinov tartibida ishga tushiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 28 dekabrdan kuchga kirdi.

                                       Lola Abduazimova