Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

AJ moliyaviy hisobotlarni qachon e’lon qiladi

04.01.2016

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida” 30.08.1996 yildagi 279–I-son Qonunga moliyaviy hisobotni e’lon qilish muddatlariga taalluqli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Endilikda aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sugʻurta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari aksiyadorlarning yoki buхgalteriya hisobi sub’yektining  boshqa oliy boshqaruv organi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishidan 2 hafta oldin kechiktirmay yillik moliyaviy hisobotni ijobiy auditor хulosasi bilan e’lon qilishi shart. Eslatib oʻtamiz, avval e’lon qilish muddati hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha belgilangandi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.