Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim qilish va toʻlash tartibi oʻzgardi

30.12.2015

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan Soliq kodeksiga aksiz soligʻi boʻyicha oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Qarorda belgilanishicha, 2016 yil 1 yanvardan boshlab, aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitob har oylik asosda keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinadi hamda toʻlanadi.

 

Avval 2015 yilda aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitob har chorakda soliq davridan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinardi. Bunda hisobot choragi mobaynida aksiz soligʻining taхmin qilinayotgan choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyda joriy toʻlovlarni har oyning 25 sanasidan kechiktirmay amalga oshirish koʻzda tutilardi. Ushbu tartib 2015 yildan joriy qilingan.

 

Bu oʻzgartirish shu bilan asoslanadiki, joriy toʻlovlarni har oyda amalga oshirish hisobot choragining joriy oyida realizatsiya kamaygan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda asossiz mablagʻlarni chiqarishga, tegishincha, chorakda aksiz soligʻini ortiqcha toʻlanishiga olib keladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish hajmi soliq solish ob’yekti ekanligini hisobga olgan holda, qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan oʻхshash jihatlari boʻyicha aksiz soligʻini haqiqatda realizatsiya qilingan hajmdan kelib chiqib toʻlashni joriy qilish taklif qilinmoqda. Qayd qilish lozimki, aksiz soligʻi toʻlovchilari uchun joriy toʻlovlarning mavjud emasligi – bu soliq toʻlashda muhim afzallik va yengillik.

 

Aksiz hisob-kitobi va toʻlov muddatlari oʻzgarishining qiyosiy jadvali:

 

Koʻrsatkichlar

2014y.

2015 y.

2016 y. kutilayotgan

1.Hisobot davri

oy

chorak

Oy

2. Hisob-kitoblarni taqdim qilish tartibi

har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay

har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay

har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay

3. Joriy toʻlovlar

joriy oyning 13 sanasidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi dekadasi uchun;

joriy oyning 23 sanasidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi dekadasi uchun;

keyingi oyning 3 sanasidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun

har oyning 25 sanasidan kechiktirmay aksiz soligʻining choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida

mavjud emas

4. Soliq toʻlash muddatlari

Hisobot oyi yakunlari boʻyicha qayta hisob-kitob

aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi

aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Jorilla ABDULLAYeV, ekspertimiz.