Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Aliment boʻyicha qarzlar toʻlanganda jinoiy va ma’muriy javobgarlik boʻlmaydi

11.01.2018

 

9.01.2018 yildagi OʻRQ-459-son Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Demak, qarzdorlar tomonidan voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsiz shaхslar, shuningdek  mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj boʻlgan ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar ta’minoti uchun alimentlar toʻlanishini ta’minlash boʻyicha qator chora-tadbirlar koʻzda tutilgan.

 

Birinchidan, JKning 122 va 123-moddalari boʻyicha jinoiy javobgarlik хuddi shunday qilmishlar uchun oldin ma’muriy javobgarlikka tortilishsiz endi mumkin emas (ya’ni qonunbuzarlikni 1 yil mobaynida takror sodir etganlik talab etiladi).

 

Biroq, bu boʻyin tovlovchilar taqdirini uncha jiddiy yengillatmaydi.  MJtKning yangi 474 va 475-moddalari boʻyicha undiruv - 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq. Uni ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar tayinlaydi.  Homilador ayollarga, 3 yoshgacha boʻlgan bolalari boʻlgan ayollarga, 14 yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan shaхslarga, 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga, I va II guruh nogironlariga qamoq oʻrniga qat’iy EKIHning 20 baravari miqdorida jarima tayinlanadi.

 

Ikkinchidan, ham jinoiy, ham ma’muriy javobgarlik ilgarigidek muddati 3 oy oʻtkazib yuborilgandan keyin emas, balki aliment toʻlashdan toʻliq 2 oy boʻyin tovlagandan boshlab yuzaga keladi.

 

Uchinchidan, aliment toʻlash boʻyicha qarzlarni bartaraf etish ham ma’muriy , ham jinoiy javobgarlikdan ozod etilishni toʻliq hajmda kafolatlaydi. 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq yoki EKIHning 20 baravari miqdorida ma’muriy jarimaning oldini olish uchun zararni ishni koʻrish davrida qoplashga ulgurish kerak. Jinoyat sud ishlarini yuritish doirasida hukm chiqarilguncha ham, u chiqarilgandan keyin ham zararni qoplash imkoniyati mavjud (agar hukm chiqarilgan boʻlsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berishga toʻgʻri keladi).

 

Bu – muhim! Shaхs necha marotaba jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilganining farqi yoʻq. Har bir zararni (qarzni) qoplashda javobgarlikdan ozod etiladi.

 

Toʻrtinchidan, JKning 122-moddasiga tuzatish kiritildi. Aniqlashtirilishicha, alimentni undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻini ijro etmaslik sud qarorini ijro etmaslik kabi jazolanadi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 10.01.2018 yilda e’lon qilingan, biroq tuzatishlar 10.07.2018 yilda kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    



Samir Latipov.