Vazirlar Mahkamasining 26.07.2023 yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 313-son qarori qabul qilindi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun aksizning yangi namunasi 2023 yil 1 avgustdan joriy etilmoqda.
Ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar eski namunadagi aksiz markalaridan 5 oy davomida foydalanishlari mumkin.
Ulgurji va chakana tarmoqlarida eski namunadagi aksiz markalar bilan qadoqlanganmahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarga taqdim etilgan muddat tugagandan 12 oy oʻtgach, markalanmagan deb hisoblanadi.
2024 yil 1 noyabrdan Soliq va Bojхona qoʻmitalari eski namunadagi aksiz markalari bor mahsulotlarni aniqlab olib qoʻyishni boshlaydi.
Muvofiqlik sertifikatlarini va хulosalarni yangilaganda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uning yaroqlilik muddatini mustaqil ravishda 24 oygacha etib belgilashlari mumukin. Bundan koʻproq muddatni belgilash uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishish shart.
Yangi namunadagi markalar bilan buxgalter.uzda tanishish mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.07.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.