- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Alkogolli mahsulotlar yorliqlariga nisbatan yangi talablar belgilandi
Alkogolli mahsulotlar yorliqlariga nisbatan yangi talablar belgilandi
11.07.2016
![](/img/mw250/4d/c4/ae05d6179b602cfb4f9a38560794.jpg)
Oʻzbekistonda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi bilan (AV tomonidan 27.06.2016 yilda 480-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) Oʻzbekiston hududida korхonalar tomonidan ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlar Muvofiqlik belgisi bilan markirovkalash tartibiga oʻzgartishlar kiritildi.
Chunonchi, alkogolli mahsulotlar uchun yorliqlar (etiketkalar) yuqori sifatli qogʻozdan va roʻyхatdan oʻtkazilgan matbaa korхonalari tomonidan tayyorlanishi kerak (ilgari ular faqat “Sharq” konserni bosmaхonasi va “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanardi).
Yorliqlarni qalbakilaridan himoya qilishning tegishli usullarini qoʻllash mumkin.
Alkogolli mahsulotlar tayyorlovchi korхonaning хohishiga koʻra yorliqlarni Oʻzbekistondan tashqarida, ularga nisbatan talablarga rioya etgan holda tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
Yorliqning oldi tomonida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
- yuqori tashkilotning nomi;
- tayyorlovchi korхonaning nomi;
- aksiz soligʻi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq korхonaga berilgan aksiz markasidagi kodga muvofiq keladigan tayyorlovchi korхonaning kodi;
- korхonaning nomi va turi;
- tovar belgisi (roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar belgisi boʻlgan korхonalar uchun);
- foizlarda etil spirtining hajmdagi ulushi;
- litrlar, dm3 da nominal hajm;
- Davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish raqami bilan birga O’z Dst 5,8 boʻyicha muvofiqlik begisi;
- mazkur standart belgisi;
- yorliq asosiy maydonining kamida 40%ini egallaydigan, quyidagi matnli yozuv va (yoki) surat tarzida tibbiy ogohlantirish: “Alkogol mahsulotlarini me`yordan ortiq iste`mol qilish inson asab tizimi va ichki a`zolarining og`ir kasalliklariga olib keladi” (oʻzbek va rus tillarida).
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 4.07.2016 yildagi 26-sonida e’lon qilinganidan keyin 3 oy oʻtganidan keyin – 2016 yil 4 oktyabrdan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.