Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Amnistiya toʻgʻrisida qaror qabul qilindi

13.10.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan   Oliy Majlis Senatining 12.10.2016 yildagi amnistiya toʻgʻrisidagi Qarori e’lon qilindi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchining 10.10.2016 yildagi taqdimnomasiga muvofiq qabul qilindi. Unda alohida toifadagi shaхslarni jazodan ozod etish, ularga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlarni toʻхtatish hamda jazoning oʻtalmagan qismini qisqartirish nazarda tutilgan. Bu haqda batafsil shu yerda tanishish mumkin. 

 

Hujjat amalga oshirilishi uchun mas’uliyat Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatildi.

 

Amnistiya toʻgʻrisidagi Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etiladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun  hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Amnistiya akti qanday boʻladi?

 

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi  2016 yil 12-13 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi