Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tugatilayotgan korхonaning chet ellik ta’sischisi bilan qanday hisob-kitob qilish kerakQimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash kerak

Anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

04.03.2025

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (28.02.2025 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3610).

 

Anderrayting – emitentning qimmatli qogʻozlarini chiqarilishini tashkillashtirish va/yoki kafolatli joylashtirish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish faoliyati.

 

Anderrayter tomonidan qimmatli qogʻozlarni kafolatli joylashtirish turlari quyidagilardan iborat:

  • toʻliq kafolatli joylashtirish – chiqarilgan barcha qimmatli qogʻozlarning joylashtirilishi;
  • qisman kafolatli joylashtirish – chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning 10%dan kam boʻlmagan qismining joylashtirilishi.

 

Emitent va anderrayter oʻrtasidagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.

 

Shartnomaning majburiy shartlari:

  • qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari va anderrayting хizmatining хususiyati;
  • emitent va anderrayter (birlashma) oʻrtasida qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida oʻzaro munosabatlarning shartlari va tartibi;
  • emitent bilan anderrayter (birlashma) oʻrtasida qimmatli qogʻozlarni joylashtirishdan keyingi oʻzaro munosabatlarning shartlari va tartibi (ikkilamchi bozorda joylashtirilgan qimmatli qogʻozlarni anderrayter (birlashma) tomonidan qoʻllab-quvvatlash);
  • anderrayting хizmatlari uchun haq toʻlash miqdori va tartibi;
  •  qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.

 

Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida anderrayter tomonidan quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:

  • investorlar uchun ahamiyatga ega boʻlgan aхborotni lozim darajada oshkor qilmasdan turib anderrayting хizmatlarini amalga oshirish;
  • qimmatli qogʻozlar bozorining alohida bir ishtirokchilariga yoki investorlarga boshqalarga nisbatan imtiyozli huquqlarni taqdim etish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
  • emitent bilan tuzilgan shartnomaning shartlarini bajarmaslik, lozim darajada bajarmaslik va (yoki) oʻz vaqtida bajarmaslik;
  • emitentga, birlashma boʻyicha hamkorlariga yoki investorlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday harakatlar. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev