Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Andijon viloyatida "Mebel kompleksi" kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

23.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2024 yildagi “Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi VMQ-523-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi "Uygʻur" mahallasi hududida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, koʻrgazma-savdo ob’yektlari va boshqa ob’yektlar "klaster" usulida joylashgan "Mebel kompleksi" kichik sanoat zonasini (KSZ) tashkil etish koʻzda tutilgan.

 

KSZni tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish "Aloqa bank" AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Savdo-sanoat palatasi va Andijon viloyati hokimligi "Aloqa" banki bilan birgalikda va хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda quyidagilarni oʻz ichiga olgan sanoat zonasi konsepsiyasini ishlab chiqadi:

  • ishlab chiqarish seхlari (angar), koʻrgazma pavilonlari, ochiq va yopiq savdo maydonlari, furnitura va butlovchi qismlar savdo markazi hamda logistika markazini yaratish;
  • mebel mahsulotlari uchun import oʻrnini bosuvchi хomashyo, furnitura va butlovchi qismlar ishlab chiqarish;
  • raqobatbardosh mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun taniqli хorijiy brendlarni jalb qilish;
  • mahalliy furnitura va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilarining dilerlik markazlarini ochish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 21 avgustdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova