Vazirlar Mahkamasining 25.05.2016 yildagi 177-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (21.05.2010 yildagi 98-son VMQga 1-ilova) oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzgartirishlarga muvofiq DSQ shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoхud aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilmagan hollarda bank schyotlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish boʻyicha sud tartibida chora-tadbirlar koʻrish huquqiga ega.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.